» » Nukusga qiruvchi samolyot keltirildi (foto)

Nukusga qiruvchi samolyot keltirildi (foto)


Qoraqalpogistonning Nukus shahridagi Motamsaro ona haykali joylashgan Xotira xiyobonining orqa tomonida Jasorat bogi barpo etilishi boshlangan edi. Koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida joriy etilgan karantin sabab ayni bogda qurilish-montaj ishlari vaqtincha toxtatilgan. Shimoli-garbiy harbiy okrug matbuot xizmatining malum qilishicha, bogga harbiy texnikalarni joylashtirish boshlangan.

Xususan, shu kunga qadar bogda jami 8 dona texnika: T-64 tanki, piyodalar jangovar mashinalari, zirhli transportyorlar hamda artilleriya va zenit qurilmalari ornatilgan. 7-may kuni bog eksponatlaridan orin olgan bir dona Su-17 qiruvchi samolyoti Toshkent shahridankeltirilgan.

Karantin qoidalarining yumshatilishi hamda qurilish ishlarini ijtimoiy masofa va shaxsiy gigiyena talablariga rioya etgan holda amalga oshirishga berilgan ruxsatdan keyin bogda qurilish-montaj ishlari davom ettirilmoqda.

Takidlanishicha, Jasorat bogi Motamsaro ona haykali joylashgan maydonning orqa tomonida, ilgari tashlandiq bolib yotgan hududning deyarli 100 sotix maydonida bunyod etilmoqda. Bogni yaratish konsepsiyasiga asosan u yerdagi 153 kvadrat metr maydonda Ikkinchi jahon urushi yillari qoraqalpoq xalqi va qoraqalpogistonliklarning matonati, galabaga qoshgan hissasi aks etgan bir qavatli xotira muzeyi, pnevmatik miltiqdan oq otish tiri, harbiy alpinizmni rivojlantirish maqsadida skalodrom, harbiy obyektlarni qoriqlashda foydalaniladigan soqchilarning kuzatuv minorasi, janggohlarni aks ettiradigan okop, blindaj va yertolalar hamda jangovar texnikalar orin oladi.

Mavzuga doir:Foto: Toshkentda qurilayotgan Galaba bogida ornatiladigan harbiy samolyotlar

Urush yillarida yurtdoshlar qahramonliklarini aks ettirish uchun Mudofaa vazirligi muzey fondiga yaqindan komak berib, hozirda jamlanayotgan eksponatlar hamda harbiy texnikalarni taqdim etishi belgilangan. Muzey fondi boshqa manbalardan ham toldirib boriladi.

Eslatib otamiz,Toshkent shahri Olmazor tumani hududidaqurilayotganGalaba bogiga ham bir qator harbiy texnikalar va samolyotlar ornatilgan.



Manba: Daryo.uz
: admin (9-05-2020, 12:41)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 3) ( 0) ( 3) ( 0)
:
-
:
:
-
20 ... -