» » Karantin davrida Andijonda 3701 ta yangi tadbirkorlik subyekti tashkil etildi

Karantin davrida Andijonda 3701 ta yangi tadbirkorlik subyekti tashkil etildi


Andijon davlat xizmatlari markazi so‘nggi 40 kunda 3701 ta yangi tadbirkorlik subyektini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Shuningdek, karantin sabab ishini to‘xtatgan 2300 nafar tadbirkorga faoliyatini qayta tiklash uchun ruxsatnoma berdi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

DXA Andijon viloyat boshqarmasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etilishi munosabati bilan 25-martdan buyon viloyatdagi davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan barcha xizmatlar elektron shaklda, kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarda esa xodimlarning navbatchiligi asosida amalga oshirilmoqda.

DXA viloyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Abdurahmon Alimovning ma’lumot berishicha, so‘nggi 40 kunda davlat xizmatlari markazlari orqali turli yo‘nalishdagi 50 mingdan ortiq murojaatlar qabul qilingan. Ayrim fuqarolarga tegishli tartibda tushunchalar berilayotgan bo‘lsa, aksariyat murojaatchilarning ishi muhimligi hisobga olinib, karantin va infeksiya yuqishi hamda tarqalishining oldini olish bo‘yicha belgilangan tartibga amal qilingan holda zarur xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Murojaatlarning asosiy qismini sudlanmaganlik, nomida uy-joy mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnomalar olish, kadastr, tadbirkorlik subyektini ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish singari xizmatlar tashkil etmoqda.

“Shu kunga qadar davlat xizmatlari markazlari tomonidan 3701 ta yangi tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ularning 2535 tasi yakka tartibdagi tadbirkor hisoblanadi. Shuningdek, karantinda faoliyatini to‘xtatgan 11 mingga yaqin tadbirkorlik subyektlarining 2300 tasi faoliyatini qayta tiklash bo‘yicha murojaat qilgan. Ularga tadbirkorlik guvohnomalari rasmiylashtirilib berildi”, — deydi boshqarma bosh mutaxassisi Farrux Jalolov.

Ma’lum bo‘lishicha, markazlarda tadbirkorlik faoliyatini qayta tiklash bo‘yicha murojaatlar davom etmoqda.

Mavzuga doir: Andijonda uzoq yillardan beri norasmiy nikoh asosida yashab kelayotgan 16 oilaning nikohi qonuniylashtirildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют