» » O‘zbekistonda “qizil”, “sariq” va “yashil” toifaga ajratilgan tuman va shaharlar ro‘yxati e’lon qilindi

O‘zbekistonda “qizil”, “sariq” va “yashil” toifaga ajratilgan tuman va shaharlar ro‘yxati e’lon qilindi


Respublika maxsus komissiyasining qarori asosida 11-maydan “qizil”, “sariq” va “yashil” hududlarga ajratilgan tuman va shaharlar haqida ma’lumot berildi.

7-may, payshanba kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Shavkat Mirziyoyev tomonidan O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanib, ijobiy tomonga o‘zgarib borishi bilan hududlarni toifaga ajratishni tuman va shaharlar darajasida belgilash ta’kidlangandi.

Shu munosabat bilan, Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 8-maydagi yig‘ilishi bayoniga muvofiq, mamlakatda koronavirus infeksiyasi tarqalish holatining hududlar kesimidagi tahlili, kasallik aniqlangan bemorlarning davolanish (sog‘ayish) dinamikasi holatidan kelib chiqqan holda respublika hududlari 2020-yilning 11-mayidan e’tiboran tuman va shaharlar darajasida toifalarga ajratiladi.

Bunda:

Toshkent shahrini “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratish epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining taklifi asosida mahallalar, dahalar, mavzelar kesimida amalga oshirilishi mumkin.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi koronavirus infeksiyasi tarqalish holatining har bir tuman (shahar) kesimidagi tahlili, kasallik aniqlangan bemorlarning davolanish (sog‘ayish) dinamikasi holatidan kelib chiqqan holda tuman (shahar)larning toifasini o‘zgartirish yuzasidan doimiy ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga taklif kiritib boradi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют