» » Abror Azimovning oilasi Peterburgdagi teraktdan yarim yil avval Rossiyani tark etgan

Abror Azimovning oilasi Peterburgdagi teraktdan yarim yil avval Rossiyani tark etgan


Sankt-Peterburg metrosidagi terakt tashkilotchisi deb gumon qilinayotgan asli qirg‘izistonlik Abror Azimov Rossiyada Vladimir viloyatidagi kichik bir qishloqda istiqomat qilgan. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning mahalliy aholiga asoslanib ma’lum qilishicha, odamlar uni samimiy va xushchaqchaq qo‘shni sifatida tilga olgan.

Qo‘shnilarining so‘zlariga ko‘ra, Azimov bor vaqtini akasi, xotini va jiyanlari bilan birga o‘tkazgan. Ular Moskvada ishlashlari haqida aytishgan, qishloqqa faqat dam olish kunlari kelishgan.

Azimovning akasi va xotini Peterburgdagi teraktdan taxminan yarim yilcha avval Qirg‘izistonga qaytib ketgan.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda maxsus xizmatlar Azimovning akasi — Akram va yigitlar bilan birga bir necha oy yashagan ularning amakisini ham so‘roq qilmoqda.

Avvalroq Azimov 2013-yili Rossiya fuqaroligini olgani haqida xabar berilgan edi. Moskvaning Basmanniy tumani sudi Abror Azimovni 3-iyunga qadar hibsga olish haqida qaror chiqargan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-04-2017, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют