» » Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 1016 kishiga yetdi

Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 1016 kishiga yetdi


Qirg‘izistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 14 kishida koronavirus aniqlandi, bemorlarning 13 nafari davolanishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda respublika COVID-19’ga qarshi kurashish shtabiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

“11-may holatiga ko‘ra, yana 14 kishida COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlandi”, — deydi shtab vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallikka chalingan yangi bemorlarning uch nafari — tibbiyot xodimlari. Shuningdek, o‘tgan bir sutka ichida 13 kishida sog‘ayib, ularga statsionarlardan javob berilgan.

Shunday qilib, Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 1016 kishiga yetdi, ularning 235 nafari — tibbiyot xodimlari. Mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon 12 kishi koronavirus qurboniga aylangan bo‘lsa, jami 688 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan. Mamlakatda hozirga qadar koronavirusga 66 mingdan ortiq test o‘tkazilgan.

Avvalroq Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni ming kishidan oshgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 4-may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti So‘ronboy Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qilib, koronavirusga qarshi kurashdagi hamkorlik masalalarini muhokama qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют