» » FVV Sardoba falokatidan keyin Sirdaryodagi ta’mirlash-tiklash ishlari qanday ketayotgani haqida ma’lumot berdi

FVV Sardoba falokatidan keyin Sirdaryodagi ta’mirlash-tiklash ishlari qanday ketayotgani haqida ma’lumot berdi


Sirdaryo viloyatida toshqindan zarar ko‘rgan hududlar jonlanmoqda. Hukumat komissiyasi tomonidan ko‘rilayotgan tezkor choralar natijasida viloyatning Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida falokat oqibatlarini bartaraf qilishda sezilarli natijalarga erishildi, deb yozmoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

FVV xabarida Sardoba suv ombori bilan bog‘liq favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etishda Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Mudofaa vazirliklari, Milliy gvardiyaning kuch va vositalari jalb qilingani qayd etilgan.

Hududlarni suv toshqinidan hosil bo‘lgan loy va boshqa chiqindilardan tozalash, yo‘llarni qayta tiklash uchun qurilish sohasidan 175 ta texnika hamda 416 nafar yo‘lsoz jalb qilingan holda 23561 qum shag‘al aralashmasi bilan yo‘l asosi tiklanmoqda. Shuningdek, jami 24 ta ko‘prikda diagnostika ishlari amalga oshirilib, tahlil natijalarini olish uchun laboratoriyaga taqdim qilingan.

Suv toshqini oqibatida zarar ko‘rgan elektr, gaz va suv tarmoqlari qayta tiklanmoqda. Ta’mirlash va tiklash ishlari uchun 51 ta’mirlash brigadasidan 300 yaqin malakali soha xodimlari, 32 ta maxsus va 60 ta xizmat avtomashinalari ajratilgan.

Tadbir boshidan 2 ta podstansiya, 78 ta transformator punkti va 254,1 km elektr uzatish tarmoqlari, 4 619 ta elektr ustunlarini ta’mirlash-tiklash ishlari amalga oshirilib, ular ishga tushirilgan. Natijada elektr ta’minoti uzilgan 7 987 ta aholi xonadonlaridan 7 388 tasi to‘liq elektr energiya bilan ta’minlangan.

Shuningdek, talafot ko‘rgan 12 ta aholi punktidan 10 tasi to‘liq barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlanib, qolgan hududlarning elektr tarmoqlarini tiklash va ta’mirlash ishlari davom ettirilmoqda.

Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlaridagi 11 ta aholi punktida 66 kilometr gaz quvuri, 47 dona gaz taqsimlash qurilmasi hamda 7 550 dona maishiy gaz ballonlariga zarar yetgan. Buning oqibatlarini bartaraf etish uchun 50 nafar xodim va mutaxassis, 45 ta avtotransport vositasi jalb qilingan.

Bundan tashqari, hududlarni suvdan tozalash maqsadida, 83 ta suv tortish nasosi xarid qilinib, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga topshirilgan. 19 ta aholi punktiga doimiy ravishda 37 ta maxsus suv tashish mashinasi orqali ichimlik suvini yetkazib berish yo‘lga qo‘yilgan.

Oqoltin tumani “Saxovat” mahallasidagi 2 ta oqava suv inshootining nasoslari ta’mirlangan. Hududda oqava suv tizimi ishlamoqda, deyiladi FVV xabarida.

Mavzuga doir: 

Avvalroq Sardobadagi falokatda salkam 6 ming turar joyga zarar yetgani, Sirdaryoda suv toshqinidan so‘ng 7,5 mingdan ortiq xonadonning gaz, 10 mingdan ortiq xonadonning elektr ta’minoti tiklangani, hududda talafot ko‘rgan aloqa obyektlari qayta ishga tushirilayotgani, toshqinlar oqibatida yo‘qolgan 4 mingdan ortiq uy hayvoni o‘z egalariga qaytarilgani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 14) ( 0) ( 12) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют