» » O‘zbekistonda pensionerlarga banklarni tanlash imkoniyati beriladi

O‘zbekistonda pensionerlarga banklarni tanlash imkoniyati beriladi


O‘zbekistonda pensionerlar xizmat ko‘rsatadigan banklarni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu haqda 11-may kuni o‘tgan brifingda Markaziy bank departamenti direktori Abrorxo‘ja Turdaliyev ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko‘ra, dastlab Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida pensiya to‘lovlarini to‘lash uchun “Xalq banki” tomonidan 620 mingga yaqin bank kartasi muomalaga chiqarilgan. “Biroq pensiya mablag‘larini bank kartalari orqali aholiga yetkazish ishlari to‘g‘ri tashkil etilmaganligi aholi uchun bir qator noqulaylik va sarsongarchiliklarni keltirib chiqardi va ularning asosli e’tirozlariga sabab bo‘ldi”, — deydi Turdaliyev.

Buning oqibatida 7?8-may kunlari bir necha soat davomida bank kartalari orqali bajarilayotgan tranzaksiyalar soni keskin ortgan. Natijada Humo to‘lov tizimining ayrim to‘lov terminallari orqali to‘lovlarni amalga oshirishda uzilishlar yuzaga kelgan.

Markaziy bank Moliya vazirligi bilan birgalikda pensiya mablag‘larini yetkazish tizimi tubdan qayta ko‘rib chiqib, pensiya mablag‘larini yagona bank orqali pensionerlarga yetkazish tizimining samarasizligi va bu amaliyotdan voz kechish lozimligi bo‘yicha xulosaga kelingan.

“Shu munosabat bilan pensionerlarga bank xizmatlaridan foydalanishda maksimal darajada qulaylik yaratish maqsadida xizmat ko‘rsatadigan banklarni tanlash imkoniyati beriladi.

Bu orqali pensionerlar o‘zlariga maqbul bo‘lgan ixtiyoriy bankda hisob-raqam ochish orqali ularning bank kartasidan foydalanishga imkoniyat yaratiladi. Mazkur tanlash imkoniyati bir martalik bo‘lmasdan, pensionerlar ko‘rsatilayotgan bank xizmati sifatidan qoniqishidan kelib chiqib, xizmat ko‘rsatuvchi bankni o‘zgartirishi mumkin”, — deya ta’kidlaydi Abrorxo‘ja Turdaliyev.

Ushbu bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan jarayonning banklar tomonidan mijozbay ishlashga bo‘lgan raqobat muhiti yaratishda xizmat qilishi aytilmoqda.

Avvalroq Humo direktori plastik kartalar bilan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun pensionerlardan uzr so‘ragan edi.

Eslatib o‘tamiz, karantin sababli O‘zbekistonda pensiya to‘lovlarini bosqichma-bosqich bank kartalari orqali to‘lash joriy qilinishi haqida xabar berilgan edi. Markaziy bankning Jamoatchilik bilan aloqalar va kommunikatsion siyosat departamenti direktori o‘rinbosari karantin sharoitida naqd puldan ko‘ra plastik kartadan foydalanish ham xavfsiz, ham samarali yo‘l ekanligini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют