» » Neft narxi koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqini bo‘lishi haqidagi xavotirlar sabab yana pasaydi

Neft narxi koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqini bo‘lishi haqidagi xavotirlar sabab yana pasaydi


Neft narxi 11-may kuni butun dunyoda koronavirus infeksiyasi tarqalishining ikkinchi to‘lqini kuzatilishi mumkinligi haqidagi xabarlardan investorlarning xavotiri sabab yana pasaydi. Bu haqda Reuters xabar qilgan.

Brent markasidagi qora oltinning qiymati bir dollarga, ya’ni barrel uchun 29,93 dollargacha tushdi. WTI esa 30 sent yo‘qotib, 24,44 dollarga narxlandi.

Mavzuga doir:

11-may kuni Germaniyada karantin cheklovlari yumshatilishi oqibatida COVID-19 bilan kasallanganlar soni yana orta boshlagani xabar qilingan. Kasallikning eng birinchi o‘chog‘i bo‘lgan Xitoyning Uxan shahrida ham koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq yangi holatlar kuzatilgan.

Shuningdek, Janubiy Koreya hamda Fransiyada ham kasallanishning ikkinchi to‘lqini kuzatilishi mumkinligi haqida ma’lumot berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 9) ( 0) ( 9) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют