» » 113 yoshli ispaniyalik ayol koronavirusdan tuzalgan eng keksa inson bo‘ldi

113 yoshli ispaniyalik ayol koronavirusdan tuzalgan eng keksa inson bo‘ldi


Ispaniyada yashovchi 113 yoshli Mariya Branyas koronavirusdan sog‘aygan dunyodagi eng keksa inson bo‘ldi, deb yozadi Daily Mail.

Ispaniyaning Olot shahridagi keksalar uyida mart oyida koronavirus epidemiyasi tarqaldi. Barcha himoya chora-tadbirlari olib borilgan bo‘lsa-da, ayol kasallikni yuqtirdi.

Kasallik simptomlarsiz o‘tdi, ayol virusni boshqalarga yuqtirmaslik uchun xonasidan chiqarilmadi.

Branyasning qizining aytishicha, onasi xonasidan chiqmayotganidan tashvishlanib, 113 yoshini bir o‘zi qarshi olishidan qo‘rqqan.

Biroq ayol tez orada sog‘aygan. U bilan birga kasallikka chalingan keksa insonlardan 17 nafari vafot etgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayol hozirgi kunda koronavirusni yenggan 110 yoshdan oshgan eng keksa inson hisoblanadi.

Mariya Branyas Ispaniyaning eng keksa fuqarosi hisoblanadi. U ikkita jahon urushi, ispan grippi pandemiyasini boshdan kechirgan. Ayolning uch farzandi, 11 nevarasi va 13 nafar chevarasi bor.

Mavzuga doir: 90 yoshli yaponiyalik ayol dunyodagi eng keksa geymer sifatida Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют