» » Bo‘stonliq tumanida sel kuzatildi. Sel oqibatlarini bartaraf etishga 14 ta maxsus texnika jalb etilgan

Bo‘stonliq tumanida sel kuzatildi. Sel oqibatlarini bartaraf etishga 14 ta maxsus texnika jalb etilgan


13-may kuni soat 17:15 dan 21:30 ga qadar Bo‘stonliq tumani tog‘oldi hududlarida kuchli yomg‘ir va sel kelishi kuzatildi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Natijada tumandagi “Qoramozor” MFY hududidagi ichki yo‘lida sel kelishi, Parkent kanali PK-54 qismiga suv to‘planib toshishi, “Dumaloq”, “Tovoqsoy”, “Xondayliq”, “Iskandar”, “Qo‘shqo‘rg‘on” MFY ichki ko‘chalari va bir nechta aholi xonadonlariga yog‘ingarchilik suvlari to‘planishi kuzatilganligi aytilmoqda.

Sel kelishi vaqtida bartaraf etilgan. Aholi xavfsizligini ta’minlash va himoya tadbirlari maqsadida jami 189 nafar ishchi xodim, 26 ta muhandislik texnikalari jalb etildi. Ta’kidlanishicha, viloyat FVB tomonidan 14 ta maxsus texnika va 44 ta qutqaruvchi yuborilgan.

“Sel kelishi oqibatida aholi orasida tan jarohati olganlar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan”, — deyiladi hokimiyat matbuot xizmati xabarida.

Avvalroq Zarafshondagi sel oqibatida kamida 300 kishi evakuatsiya qilingani haqida xabar berilgan va internetda ushbu hodisaning videosi tarqalgandi.

Mavzuga doir: Navoiyda yog‘gan kuchli yomg‘ir tufayli dala maydonlari, xonadonlar va boshqa obyektlarga qancha ziyon yetgani ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 86) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют