» » Viloyatlar hokimlari Sirdaryoga yo‘l oldi. Ular o‘z hududlaridan yuzlab quruvchilarni olib kelmoqda

Viloyatlar hokimlari Sirdaryoga yo‘l oldi. Ular o‘z hududlaridan yuzlab quruvchilarni olib kelmoqda


O‘zbekistondagi viloyatlar hokimlari Sardoba suv ombori to‘g‘oni o‘pirilishidan talofot ko‘rgan Sirdaryo viloyatiga yo‘l oldi. Bu haqda “Daryo”ning hukumatdagi manbasi xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Sirdaryo viloyatining suv toshqinidan jabr ko‘rgan hududlarida viloyatlar ko‘magi bilan tiklanadigan xonadonlar soni shakllantirilgan. Har bir viloyatga imkoniyatidan kelib chiqib 100 dan ortiq xonadon biriktirilgan.

Ularni tiklash uchun joylardan maxsus poyezdlarda yuzlab mutaxassislar — g‘isht teruvchi, beton quyuvchi, pardozlovchi va boshqa mutaxassislar Sirdaryoga yo‘l olmoqda.

Quruvchilarni kutib olish, joylashtirish va ishga taqsimlash bilan viloyat hokimlarining qurilish bo‘yicha o‘rinbosarlari boshchiligidagi shtab shug‘ullanmoqda. Viloyat hokimlari ushbu shtablar faoliyati bilan tanishadi va ularni muvofiqlashtiradi.

Manbaning ta’kidlashicha, viloyat rahbarlari ikki kun davomida Sirdaryoda bo‘lishi va shundan so‘ng bu yerda bajariladigan ishlar yuzasidan mamlakat rahbariyatga hisobot berishi ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют