» » Jarimalar, shartnoma to‘lovlari, kommunal xizmatlar — barchasi endi MBank dasturida

Jarimalar, shartnoma to‘lovlari, kommunal xizmatlar — barchasi endi MBank dasturida


Texnologiyalar bitta joyda turmaydi: avvallari kommunal xizmatlar, jarimalar yoki ta’lim uchun shartnoma to‘lovlarini to‘lashga soatlab navbatda turishga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, hozirda buni smartfonga bir-ikki marta barmoq tekkizish orqali amalga oshirish mumkin. Qanday qilib deysizmi? UzCard egalari uchun ko‘plab qulayliklarni o‘z ichiga olgan MBank innovatsion dasturini yuklab olish kifoya.

MBank qulay mobil dasturi bozorda birinchilardan bo‘lib 2014-yilda paydo bo‘lgan. O‘sha vaqtda dastur orqali faqat Internet va telefon xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish mumkin bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda bu ro‘yxat bir nechta o‘nlab imkoniyatlardan iborat.

Dasturning o‘ziga xosligi nimada?

Hech kimga sir emaski, bu yil butun Toshkent bo‘ylab ko‘chalarda videokuzatuv kameralari ishlashni boshladi, shundan so‘ng jarimaga tortilgan haydovchilar soni sezilarli tarzda oshdi. MBank orqali siz jarimani bir necha daqiqa ichida uydan chiqmasdan, ustiga-ustak — naqd pulsiz hisob-kitobda to‘lashingiz mumkin.

Bu qanday amalga oshiriladi? Barchasi oddiy! MBank dasturini yuklab oling, tezkor ro‘yxatdan o‘ting, so‘ng “Budjet to‘lovlari” ? “DYHXB jarimalari”ni belgilang. Qaror raqamini kiritib, “To‘lash” va “To‘lovni tasdiqlash” tugmalarini bosing. Aytgancha, raqamni qo‘lda kiritish shart emas — smartfoningiz kamerasi bilan shtrix-kodni skanerlab olish kifoya.

Yana bir foydali qulaylik — ta’lim shartnomasi va bolalar bog‘chasi uchun to‘lovlarni amalga oshirish. “Ta’lim” bo‘limidagi kerakli bo‘limni tanlang. Shartnoma uchun pul ko‘chirishda OTMning shaxsiy hisobvaraqasi raqamini, maktabgacha ta’lim to‘lovini to‘lashda esa — hududni, tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma raqamini va summani kiritish yetarli bo‘ladi. Qulay, shunday emasmi?

MBank’da sud xarajatlarini qoplash va hatto — diqqat qiling — soliqlarning barcha turlarini to‘lash oson. Bunda to‘lov haqidagi kvitansiya sizning elektron pochtangizga keladi va zarur bo‘lganida, siz uni printerdan chiqarib olishingiz mumkin.

Bizning avlod qanchalik osonlik bilan turmush kechirayotgani kishini hayratlantiradi: bitta dastur yordamida kredit bo‘yicha qarzdorlik yopiladi, Internet, telefon, sug‘urta polisi uchun hisoblar to‘lanadi. MBank yordamida OLX, Myjob, “Gosuslugi”, ”Odnoklassniki” va boshqa ko‘plab saytlarning pullik xizmatlaridan foydalanish mumkin.

Qorningiz ochdimi? Dasturdan chiqmasdan turib, Bringo.uz yoki Yaponamama’dan taom yetkazib berish xizmati uchun to‘lang. Ha, do‘stlar, kelajak allaqachon shu yerda.

Dasturning barcha imkoniyatlarini uzoq vaqt davomida sanab o‘tish mumkin, ammo biz bunday qilmaymiz: MBank’ni o‘zingiz Google PlayMarket yoki AppStore’da yuklab olib, uning funksionalidagi keng imkoniyatlarga shaxsan ishonch hosil qilishingiz mumkin. Biz esa sizga MBank’ning boshqa shu kabi dasturlardan ustunligi nimada ekanligini gapirib beramiz.

Birinchidan, bir lahzada yuklanadi. Dastur shunday yaratilganki, hatto eng kuchsiz internet aloqasi 2G’da ham u bir lahzada yuklanadi.

Ikkinchidan, mutlaqo xavfsiz: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan dasturning barcha xavfsizlik me’yorlariga to‘la mos kelishi haqida sertifikat berilgan.

Uchinchidan, siz MBank’ning barcha xizmatlaridan nafaqat dastur orqali, balki mbank.uz va oplata.uz veb-saytlari orqali ham foydalanishingiz mumkin.

Bugungi kunda ushbu “mobil banking” xizmatlarning eng keng turlarini taqdim etadi, shu bilan birga, dastur yaratuvchilari dasturni har kuni takomillashtirib, yangi-yangi qulayliklar qo‘shib bormoqda. MBank haqiqatan ham bank kartasi yordamida hisob va xizmatlar uchun tez-tez pul to‘laydigan kishilarning hayotini osonlashatiradi. O‘zingiz sinab ko‘ring!

Reklama huquqi asosida

Опубликовано: admin (19-04-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют