» » Kanadadagi hayvonot bog‘i bambuk yetishmayotgani tufayli ikkita pandani Xitoyga qaytarmoqda

Kanadadagi hayvonot bog‘i bambuk yetishmayotgani tufayli ikkita pandani Xitoyga qaytarmoqda


Kanadaning Kalgari provinsiyasidagi hayvonot bog‘i bambuk yetishmovchiligi sabab ikkita pandani Xitoyga belgilangan ijara muddatidan avval qaytarib yuboradi. Bu haqda CBC News xabar qilgan.

Hayvonlar 2023-yilga qadar ijaraga olingandi. Hayvonot bog‘i ishchilari Er Shuna va Da Mao ismli pandalarni boqish uchun bambuk import qilishga urindi, biroq ularning harakatlari besamar ketdi.

“Bu jamoa va bu yerdagi hayvonlar uchun og‘ir vaziyat. Bir necha kun davomida bambuksiz qolishni o‘zingiz tasavvur qilib ko‘ring” — degan hayvonot bog‘i bosh direktori Kleman Lantyer.

Yangi bambuk panda dietasining asosiy qismi hisoblanadi. Voyaga yetgan panda kuniga, taxminan, 40 kilogramm bambuk iste’mol qiladi.

Pandemiya boshlanguniga qadar bambuklar haftasiga ikki marta Xitoydan olib kelinardi, ammo karantin sabab aviaparvozlar bekor qilingan. Lantyerning so‘zlariga ko‘ra, cheklovlar tufayli sifatsiz bambuk xarid qilingan, pandalar esa uni yeyishni istamagan.

“Ularga ayni kunlarda berilayotgan yemish manzur bo‘lmayapti. U juda ham quruq”, — degan hayvonot bog‘i rahbari.

Hayvonot bog‘i shu hafta oxirigacha pandalarni uyiga yuborish uchun ruxsat olishni rejalashtirgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют