» » Jizzax viloyatida ham sel kuzatildi

Jizzax viloyatida ham sel kuzatildi


Joriy yilning 14-may kuni Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumanlari hududida kuchli yog‘ingarchilik kuzatildi, deb xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.

Oqibatda “Oqqo‘rg‘onlik”, “Tinchlik”, “Hamid Olimjon”, “Ulug‘bek” hamda “Ziyokor” mahallalarida yomg‘ir suvlari to‘planib, bir necha xonadonga suv kirgan.

Qayd etilishicha, Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 6 ta yong‘in-qutqaruv texnikasi hamda 22 nafar qutqaruvchilari tomonidan xonadon egalariga amaliy yordam ko‘rsatilib, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan suv toshqini hamda boshqa ko‘ngilsiz holatlarning oldi olingan.

Avvalroq Zarafshondagi sel oqibatida kamida 300 kishi evakuatsiya qilingani haqida xabar berilgan va internetda ushbu hodisaning videosi tarqalgandi. Hodisa oqibatida dala maydonlari, xonadonlar va boshqa obyektlarga qancha ziyon yetgani ma’lum qilingan.

Shuningdek, Surxondaryoda ham yog‘gan kuchli yomg‘ir oqibatida suv toshqini yuzaga kelishi mumkinligi sababli 900 nafar fuqaro evakuatsiya qilingan, Bo‘stonliq tumanida ham sel kuzatilib, uning oqibatlarini bartaraf etishga 14 ta maxsus texnika jalb etilgani xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zgidromet” 12—14-may kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali janubiy hududlar ustida shakllangan nam havo oqimi kirib kelishi, kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkinligi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel kelishi xavfi borligidan ogohlantirgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют