» » Toshkentdagi “Ulug‘bek” mahallasida koronavirusga chalinganlar soni ortgani sababli karantin choralari kuchaytirildi

Toshkentdagi “Ulug‘bek” mahallasida koronavirusga chalinganlar soni ortgani sababli karantin choralari kuchaytirildi


Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Ulug‘bek” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida koronavirus bilan kasallanganlar hamda ular bilan muloqotda bo‘lgan fuqarolar soni keskin oshib borayotganligi sababli mazkur mahalla hududida karantin choralari kuchaytirildi. Bu haqda Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi ma’lum qildi.

Mazkur mahalla hududidagi barcha kirish va chiqish yo‘llarida blokpostlar tashkil etilgan holda to‘liq yopilgan. Ushbu hududda tun-u kun navbatchilik tashkil etilib, qat’iy nazorat o‘rnatilgan.

Mahalla fuqarolariga faqatgina zarur hollarda bir oiladan bir kishiga dori vositalari, zarur oziq-ovqat mahsulotlari xaridi uchun ko‘chaga chiqishiga ruxsat beriladi.

Hokimlikning ma’lum qilishicha, mahalla hududida aholi talabidan kelib chiqqan holda arzonlashtirilgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda viloyatlar, tuman va shaharlar koronavirus xavfi darajasiga qarab “qizil”, “sariq” va “yashil” hududlarga ajratilgan. Avvalroq e’lon qilingan ro‘yxatda Toshkent shahri va uning barcha tumanlari “sariq” hududlar qatoriga kirgandi.

O‘zbekistonda 14-may soat 15:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 16 kishiga oshib, 2636 nafarni tashkil etmoqda. Koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 2136 nafarga yetgan, infeksiya asoratlari oqibatida 11 kishi vafot etgan.

Mavzuga doir: Samarqand shahrida 13-maydan karantin qoidalari kuchaytiriladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют