» » Rossiyalik mutaxassislar koronavirusning noodatiy belgisini aniqladi

Rossiyalik mutaxassislar koronavirusning noodatiy belgisini aniqladi


COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolash chog‘ida shifokorlar kasallikning noodatiy kechish holatlariga duch keldi. Bu haqdagi hisobot Rossiya federal tibbiy-biologik agentligi (FTBA) saytida e’lon qilindi.

COVID-19 kasalligining shu paytgacha ma’lum bo‘lgan belgilaridan tashqari ikki nafar bemorda yuqori harorat va qorin sohasi organlarining zararlanishi kuzatilgan.

Ma’lum qilinishicha, mazkur alomatlar shoshilinch operatsiya uchun ko‘rsatma hisoblangan. Bemorlarda diagnostik laparoskopiya o‘tkazilgan, uning natijasida qorin bo‘shlig‘ida suyuqlik mavjudligi aniqlangan. Ikkala bemorda o‘tkir jarrohlik patologiyasi bo‘yicha boshqa ma’lumotlar aniqlanmagan.

Mutaxassislarning fikricha, ikki bemorda o‘tkazilgan tekshiruvlardan kelib chiqib, COVID-19 kasalligining qorin bo‘shlig‘i pardasi yallig‘lanishi bilan kechadigan yangi ko‘rinishi mavjud, degan xulosaga kelish mumkin.

Shifokorlarning fikricha, COVID-19 kasalligida qorin bo‘shlig‘i pardasining yallig‘lanishi organizmning virusli infeksiyaga tizimli ravishda javob berishi sababli yuz beradi. Organizmning mazkur javob berish jarayoni sitikonlarning ommaviy ishlab chiqarilishi, immunitet hujayralarining o‘ta faollashishi va aylanuvchan immun komplekslari paydo bo‘lishi bilan yuz beradi. Bu esa kichik qon tomirlarning patologik o‘zgarishiga va qorin pardasi ba’zi qatlamlarining aseptik yallig‘lanishiga olib keladi.

Moskva yaqinidagi Kommunarka infeksion markazi bosh shifokori Denis Protsenko 1-may kuni COVID-19 bemorlarida kuzatilgan yana bir alomat haqida ma’lum qilgan. Uning aytishicha, mazkur bemorlarda turli teri toshmalari kuzatilgan. Toshmalar barmoqlar va qorin sohasida bo‘lgan.

Koronavirus infeksiyasining asosiy belgilari yuqori tana harorati, yo‘tal (quruq yoki oz miqdorda balg‘am bilan), nafas qisilishi, mushak og‘rig‘i va charchoq hisoblanadi. Kamroq uchraydigan alomatlar sifatida mutaxassislar bosh og‘rig‘i, ko‘krak qafasi siqilishi, yo‘talganda qon kelishi, diareya, ko‘ngil aynishi va qusishni ko‘rsatadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 111) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют