» » Jurnalist KXDRda ruxsat etilgan barcha soch turmaklarini ko‘rsatdi

Jurnalist KXDRda ruxsat etilgan barcha soch turmaklarini ko‘rsatdi


Shimoliy koreyalik ayollar va erkaklar uchun soch turmaklarining 15 tadan variantlari mavjud. Bu haqda finlyandiyalik jurnalist Mika Makelaynen ma’lum qildi. U aprel o‘rtasida Pxenyanga tashrif buyurib, KXDR asoschisi Kim Ir Sen tavalludining 105 yilligi sharafiga o‘tkazilgan harbiy paradda ishtirok etgan edi.

Jurnalist ruxsat etilgan soch turmaklari aks etgan plakatlarni suratga oldi va Twitter’ga joyladi. Uning ta’kidlashicha, shimoliy koreyalik ayollar 15 xil soch turmagidan foydalanishi mumkin, ammo soch bo‘yash xizmati mutlaqo mavjud emas.

Erkaklarga ham 15 ta soch uslubi ruxsat etilgan. Jurnalist Pxenyan salonlaridan birida “eng ommabop taklif”dan foydalanib ko‘rgan. “Ammo bu Kim Chen Inning soch turmagi emas”, — dedi Makelaynen.

Опубликовано: admin (19-04-2017, 09:43)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют