» » Tramp AQShning koronavirus sabab Xitoy bilan aloqalarga chek qo‘yishi ham mumkinligini bildirdi

Tramp AQShning koronavirus sabab Xitoy bilan aloqalarga chek qo‘yishi ham mumkinligini bildirdi


AQSh koronavirus pandemiyasi sabab Xitoy bilan xalqaro munosabatlarga chek qo‘yishga ham yaqin bo‘lgan. Bu haqda mamlakat prezidenti Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

Avval koronavirus tufayli Xitoyga nisbatan sanksiyalar qo‘llash bo‘yicha qonun loyihasi AQSh senatida muhokama qilingandi. Vashington Pekinni COVID-19 haqidagi ma’lumotlarni yashirganlikda ayblamoqda.

Telekanaldagi suhbatda Tramp XXR raisi Si Szinpin bilan bu borada gaplashgani haqida savol berildi.

“Munosabatlar yaxshi... Biroq ayni vaqtda u bilan gaplashishni istamayman”, — deya javob qilgan Tramp.

Mavzuga doir: Tramp: “Xitoy koronavirus borasida katta xato qildi”

Fox News kanali jurnalisti senatda Xitoy fuqarolariga viza berishni cheklash taklif qilinganini qayd etdi.

“Biz Xitoyga nisbatan qo‘llash mumkin bo‘lgan taqiq va cheklovlar juda ko‘p. Diplomatik munosabatlarni butunlay uzib qo‘ysak ham bo‘lardi”, — deydi Tramp.

Shuningdek, AQSh yetakchisi XXR bilan xalqaro munosabatlarni uzil-kesil to‘xtatilishidan mamlakat 500 milliard dollar yutishi mumkinligini qo‘shimcha qilgan.

“Yillar davomida ushbu gapni aytib kelayapman. Bu boshqa mamlakatlarga ham tegishli. Xitoy bizni o‘marayotgan yagona davlat emas”, — degan AQSh prezidenti.

Mavzuga doir:

Tramp AQShning NATO doirasida Yevropani “deyarli hech vaqo evaziga” himoya qilayotganligini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra AQSh boshqa mamlakatlarga nisbatan ko‘proq to‘lov to‘lab kelmoqda. 2019-yil noyabr oyida NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg alyansning AQSh o‘tkazayotgan to‘g‘ridan to‘g‘ri badal pullari miqdorini qisqartirishi haqida gapirgandi.

AQSh hukumati SARS-CoV-2 koronavirus infeksiyasi Uxandagi laboratoriyada ishlab chiqilgan va shaharning epidemiya o‘chog‘iga aylanishi sababi ham shu deb hisoblamoqda. AQSh xavfsizlik vazirligi hisobotida Xitoyning epidemiya ko‘lami kengayishini yashirgani va kasallik xavfi haqida ogohlantirmaganini qayd etgan. Vaziyatning jiddiyligini sir tutgan XXR keyinchalik tibbiyot buyumlari importini oshirib, eksportni qisqartirgan, deyilgandi Associated Press xabarida. Fox News esa manbalariga tayanib Uxanda kasallikni birinchi bo‘lib yuqtirib olgan kishi shahardagi laboratoriya xodimi bo‘lganini xabar qilgan.

Mavzuga doir: AQShda koronavirus bilan kasallanish holatlarining o‘sishi haqida maxfiy ma’lumotlar tarqaldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют