» » O‘zbekiston Markaziy banki aprel oyida muomalaga qo‘shimcha qancha naqd pul chiqargani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston Markaziy banki aprel oyida muomalaga qo‘shimcha qancha naqd pul chiqargani ma’lum bo‘ldi


2020-yilning yanvar-aprel oylarida naqd pul aylanmasi hajmi 105,5 trillion so‘mni tashkil etgan holda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 41 foizga oshdi. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, mazkur davrda bank kassalariga naqd pullar tushumi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 39 foizga ko‘payib, 52,1 trillion so‘mni tashkil qildi.

Koronavirus pandemiyasi davrida mamlakatda e’lon qilingan karantin natijasida iqtisodiy faollikning sezilarli pasayishi bank kassalariga naqd pul tushumlariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Xususan, 2020-yil aprel oyida (7,9 trillion so‘m) mart oyiga (13,4 trillion so‘m) nisbatan tushum 41 foizga kamaydi.

Naqd pullarning banklarga oqimini sekinlashuviga karantin davrida:

Bank kassalariga kelib tushgan naqd pullar hajmi naqd pulga bo‘lgan talab miqdoridan ko‘p bo‘lganligi sababli 2020-yilning I choragida 209 milliard so‘mlik naqd pullar muomaladan qaytgan bo‘lsa, aksincha joriy yilning aprel oyidagi holat muomalaga qo‘shimcha 1,472 trillion so‘m chiqarishni taqozo etdi.

May oyidan boshlab naqd pul tushumlari qayta tiklana boshladi. Xususan, naqd pul tushumlari joriy yil aprel oyining birinchi 10 kunida 2,4 trillion so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, may oyining 10 kunida 700 milliard so‘mga oshib, 3,1 trillion so‘mga yetdi.

2020-yilning yanvar—aprel oylarida bank kassalari (shu jumladan, bankomatlar) orqali chiqim qilingan naqd pullar 53,4 trillion so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 42 foizga ko‘paydi.

Karantin davrida faoliyatini to‘xtatgan xo‘jalik subyektlarining ish haqi to‘lovlari uchun naqd pulga bo‘lgan talabining 1,1 trillion so‘mga, shuningdek, xalqaro pul o‘tkazmalari hajmining kamayishi ortidan naqd chet el valyutasini sotib olish uchun yo‘naltiriladigan naqd pullar hajmining 2 trillion so‘mga qisqarishi hisobiga yuzaga keldi.

Avvalroq O‘zbekistonda aholi murojaatlarini inobatga olgan holda ish haqi, pensiya va nafaqalarni naqd pul shaklida, karantin qoidalariga amal qilgan holda to‘lashga qaror qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют