» » Haftalik dayjest: 1,5 trillionlik zarar va 40 millonlik yordam, kuyovning kartasi, -ov va -yevni ochirish aksiyasi

Haftalik dayjest: 1,5 trillionlik zarar va 40 millonlik yordam, kuyovning kartasi, -ov va -yevni ochirish aksiyasi


May oyining ikkinchi haftasi dayjestiga ham yetib keldik. Sardoba suv omboriopirilishidan keyingi talafotlarni bartaraf etish, qisqartirilayotgan karantin qoidalari va ozbek tili atrofidagi muhokamalar haqidagi haftaning eng muhim va muhokamali xabarlari sharhini boshlaymiz.

Yil halokati bolgan Sardoba suv omborining opirilishi qancha ziyon keltirgani hisoblab chiqildi. Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlarining jami 32 381 gektar maydonlari talafot korgan. Toshqin 10 ta mahalla, 23 ta aholi punktlari hududidagi 4 711 ta turar va 277 ta noturar joy obyektlari, 30 718 gektar ekin maydonlariga zarar yetkazgan. Jami olti nafar fuqaro halok bolgan (ikki nafar ayol, tort nafar erkak). Bir fuqaro bedarak yoqolgan.

Hukumat Sardobadagi yoqotishlarni bartaraf etish uchun harakatini davom ettirdi. Har bir viloyat Sirdaryoda yuztadan uy qurishi belgilandi. Suv toshqinidan zarar korgan 4,5 mingdan ziyod xonadon egalarining har biriga prezident nomidan 40 million somlik moddiy yordam, shuningdek, televizor, muzlatgich, kir yuvish mashinasi, minipech, elektr choynak va dazmol kabi maishiy texnikalardan iborat sovgalar topshirildi. Prezident uylar bepul qurib va tamirlab berilishini malum qildi. Odamlar 1-sentabrgacha uylariga kochib kirishlari mumkin boladi. Alisher Usmonov ajratgan 10 mln dollar ham kompensatsiyaga sarflangan.

Yuksalish harakatining hisob-kitobiga qaraganda, Sardoba halokati oqibatlarini bartaraf etish uchun davlat gaznasidan 1,5 trln somlik mablag ajratiladi.

Sardoba yuzasidan jinoiy ish qozgatildi, 170 dan ziyod shaxslar tergov qilinmoqda. Bosh prokuratura malum qilishicha, tortta asosiy tergov taxmini mavjud: loyihalashdagi xatoliklar, qurilish meyorlariga rioya etmaslik, ekspluatatsiya jarayonidagi xatoliklar, tabiiy ofat.

***

Kundan kunga koronavirusdan sogayganlar soni kopayib borayotganini kuzatgancha virus uncha xatarli emas ekan degan xayolga borayotganlar soni ham tobora oshmoqda. Darhaqiqat, davlat karantin choralarni bosqichma-bosqich yumshatyapti. Viloyatlar yashillashib bormoqda. Yaqin orada jamoat transportlari ham qatnashni boshlaydi.

Uzbekistan Airways 18-maydan boshlab Toshkentdan Nukus, Urganch, Termiz shaharlariga amalga oshiriluvchi aviaqatnovlar (borish va qaytish) vaqtlarini elon qildi, deb yozmoqda Telegramdagi @davletovuzkanali. Prezident Respublika komissiyasiga bergan topshiriqqa binoanSamarqand, Navoiy, Buxoro, Qarshi shaharlariga Afrosiyob tezyurar poyezdi hamda Fargona vodiysiga poyezd qatnovini qayta yolga qoyish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, shaharlar ichida shaxsiy avtomobillar harakati boyicha cheklovlarni bekor qilish masalasi organilmoqda. Transport, Ichki ishlar va Sogliqni saqlash vazirliklariga bular boyicha Respublika komissiyasiga taklif kiritish vazifasi qoyildi.

Biroq hushyorlik qoldan berilmaydi. Samolyot va poyezdlarga yolovchilar virusga tekshirilib chiqariladi. Jamoat joylarida esa masofa saqlash qoidasiga qatiy amal qilinadi. Chunki ehtiyotsizlik virusning navbatdagi tolqinini keltirib chiqarishi hech gap emas. Bu haftada Beeline kompaniyasining 91 nafar xodimi Yuqori Chirchiq karantin poligoniga joylashtirilgani aytildi.

Eng songgi malumotga kora, poytaxtda koronavirusdan sogaygan bemorlar soni 709, Ozbekiston boyicha 2 195 nafarga yetdi.

***

Dayjestimizdagi uchinchi xabarni Kiroyi kuyoving shundoq bolsa, deb nomladik. Otgan kunlarga qaytishimizning sababi bor. Korxona va tashkilotlarning yagona davlatregistridahavola qilingan malumotlarga kora, (MChJning STIR raqami Ochiq malumotlarportalida korsatilgan), Uzcard MChJning 75 foiz ulushiga egalik qilish huquqi jismoniy shaxs Mahmudov Ahror Abrorovichdan boshqa jismoniy shaxs Tursunov Oybek Batirovich tasarrufiga otgan.

Avvalroq 95 foiz ulushi Oybek Tursunovga tegishli bolgan Promadik Invest kompaniyasi Kapitalbank aksiyalarining 36 foizini sotib olgani haqidaxabar bergan edik. Oybek Tursunov prezident Shavkat Mirziyoyevning katta kuyovidir.

***

Bu yili abituriyentlarimizga ham yengillik boladi. Faqat 20202021-oquv yili uchun istisno tariqasida qabul test sinovlari majburiy fanlarsiz, ikkita mutaxassislik fanlaridan otkazilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu ikkita mutaxassislik fanlari 2019-yil dekabr oyida belgilangan tartibda tasdiqlanib, keng jamoatchilikka elon qilindi. Tabiiyki, infeksiya butunlay bartaraf etilmaguncha abituriyentlarning ming orinlik binolarda 34 soat qolib ketishiga yol qoyib bolmaydi.

Test sinovlari otkaziladigan binoda kopi bilan 700 tagacha orin tayyorlanadi, har bir abituriyent uchun uch kv.m joy ajratiladi, sanitariya-gigiyena talablariga binoan ular niqob, qolqop bilan testda ishtirok etishi taminlanadi. Abituriyentning tana harorati olchangach, binoga kiritiladi. Binolar kamida tort marotaba dezinfeksiya qilinadi, deb yozmoqda@davletovuzkanali.

***

Bu hafta Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning bayonoti ozbekzabon internetni tolqinlantirdi. Avvalroq, Adliya vazirligi davlat tilida ish yuritishni taminlamaganlik uchun mansabdor shaxslarga javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqqanini xabar qilingandi. Mariya Zaxarova rus tilini kopchilik ozbeklar xohlayotgani, bu qonun loyihasi tarafdorlari kam ekanini aytgan.

Shundan song Zaxarovaga javoblar berish boshlandi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining deputati, Yuksalish umummilliy harakati raisi Akmal Burxanov Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakilining fikrlarini Ozbekiston suverenitetiga bevosita aralashish deb baholadi. Taniqli deputat Rasul Kusherboyev esa Ozbekistonda davlat tili ozbek tili. Biroq shunga qaramay, talim muassasalarida oqitish yetti tilda olib boriladi, shu jumladan, rus tilida. Kamida 11 tilda gazeta va jurnallar chop etiladi. Mamlakatda ozbek tili davlat tili sifatida qonuniy hisoblangani uchun rasmiy ishda unga rioya etishda masuliyatni oshirish suveren Ozbekistonning mustaqil ishi. Hech bolmasa, rasmiy idorada davlat tilida ish yuritilmasa, davlat tilining maqomi qoladimi? Ozbekiston rasmiy davlat tiliga ega suveren mamlakat. Qolganlar ham shu suverenlikni hurmat qilishi shart, deb yozdi.

Qonunchilik palatasining yana bir deputati Doniyor Ganiyev ozbek tilining mavqeyini kotarish borasida gapirib, hatto Oliy Majlisda qonun loyihasi rus tilida ishlab chiqilishini tilga oldi va qatiyroq choralar korishga chaqirdi.

Mariya Zaxarovaning fikriga etirozan ijtimoiy tarmoqning ozbek tilli foydalanuvchilari oz ism-shariflaridan -ov va -ev qoshimchalarini olib tashlay boshladi.

Daryo yangiliklarini kuzatib boring. Ozbekiston va dunyo xabarlaridan eng birinchi xabardor boling.



Manba: Daryo.uz
: admin (17-05-2020, 10:11)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 20) ( 0) ( 18) ( 2)
:
-
:
20 ... -