» » Xorijda ishlab oila boqqan va karantin sabab ishsiz qolgan qashqadaryolik ustalar Toshkentdagi qurilish ishlariga jalb qilindi

Xorijda ishlab oila boqqan va karantin sabab ishsiz qolgan qashqadaryolik ustalar Toshkentdagi qurilish ishlariga jalb qilindi


Rossiya davlatida ishlab oila boqqan va koronavirus pandemiyasi sabab ishsiz qolgan qashqadaryolik ustalar Toshkent shahridagi qurilish ishlariga jalb qilindi. Bu haqda “Daryo”ga Qashqadaryo viloyati bandlik boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Qurbonov ma’lum qildi.

“Ayni kunga qadar Rossiyada ishlab tirikchilik qilgan va karantin sabab ishsiz qolgan qashqadaryolik ustalarni Toshkent shahridagi qurilish ishlariga olib keldik, — deydi Bekzod Qurbonov. — Prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra, endilikda Qashqadaryo va Samarqand viloyatidan yuborilgan ustalar Toshkentning Olmazor hamda Sergeli tumanidagi qurilish ishlarida ishlaydi”.

Bekzod Qurbonovning ma’lumot berishicha, davlat rahbari topshirig‘iga ko‘ra, Sergeli va Olmazor tumanidagi qurilish ishlariga Qashqadaryo va Samarqanddan 10 ming ishchi jalb qilish rejalashtirilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 16-may kuni qashqadaryolik ishchilarning dastlabki 236 nafari Toshkent shahriga jo‘nab ketgan.

“Qashqadaryodan poytaxtga olib borilgan ishchilarning dastlabki 100 nafari Olmazor tumanidagi qurilish ishlariga jalb qilingan bo‘lsa, qolgan 100 nafari Sergeli tumanidagi qurilishga, 36 nafari esa Yunusobod tumanidagi qurilish obyektlariga ishga joylashtirildi”, — deydi Bekzod Qurbonov.

Ta’kidlanishicha, Prezident viloyat mas’ullariga ayni kunga qadar xorijda ishlab kelgan va karantin sabab ishsiz qolgan fuqarolar ro‘yxatini tuzishga topshiriq bergan.

“Qashqadaryoda ayni kunga qadar 12600 nafar ishsizni ro‘yxatga oldik va 236 nafarini ish bilan ta’minladik. Ro‘yxat asosida barcha ishsizlarni ish bilan ta’minlash nazarda tutilgan”, — deydi viloyat bandlik boshqarmasi boshlig‘i.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2020, 06:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 80) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют