» » Toshkent hokimligi kuchli shamol kutilayotgani sababli avtomobillarni daraxt tagida qoldirmaslikni tavsiya qildi

Toshkent hokimligi kuchli shamol kutilayotgani sababli avtomobillarni daraxt tagida qoldirmaslikni tavsiya qildi


18-may kuni Toshkentda kuchli shamol bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Kuchli shamol daraxt va ularning shoxlarini sinishi, mustahkam o‘rnatilmagan turli konstruksiyalarning joyidan qo‘zg‘alishiga, shikastlanishiga sabab bo‘lib, uning ostida va yaqinida turgan insonlar va avtomobillarga zarar yetkazishi mumkin.

“Shu sababli avtomobillaringizni daraxtlar va boshqa turli mustahkam bo‘lmagan konstruksiyalardan uzoqroq, xavfsiz joyga qo‘yishingizni, kuchli shamol kuzatilganida ko‘chada harakatlanmasligingizni, uyda qolishingizni so‘raymiz. O‘zingiz va mulkingizni baxtsiz hodisalardan asrang”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq 17-may kuni Xorazm viloyatiga yopirilgan kuchli shamol korxona, tashkilot va turar joylarning tom qismlari uchib yuborgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 91) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют