» » XVJ O‘zbekistonga 375 mln dollar ekvivalentidagi imtiyozli kredit ajratilishini ma’qulladi

XVJ O‘zbekistonga 375 mln dollar ekvivalentidagi imtiyozli kredit ajratilishini ma’qulladi


2020-yil 18-may kuni Xalqaro valyuta jamg‘armasi direktorlar kengashi tomonidan koronavirus pandemiyasining mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’sirlarini yumshatish maqsadida O‘zbekistonga 375 million AQSh dollari ekvivalentidagi imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilishi ma’qullandi. Bu haqda Moliya vazirligi xabar qilgan.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, imtiyozli kreditlar o‘z ichiga 10 yillik muddat bilan (5 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan holda) 125 million dollarga teng foizsiz tezkor kreditlash liniyasi (Rapid Credit Facility) va 5 yillik muddat bilan (3 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan holda) foiz stavkasi yillik 1,05 foizga teng bo‘lgan 250 million AQSh dollari miqdoridagi tezkor moliyalashtirish instrumentini (Rapid Financing Instrument) oladi.

Mazkur mablag‘ Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurash jamg‘armasiga koronavirus pandemiyasi va global inqirozning salbiy ta’sirini yumshatish choralarini moliyashtirish uchun yo‘naltiriladi.

XVJ qarzlarni taqdim etish jarayonida davlat qarziga xizmat ko‘rsatish xatarlarini hamda mamlakatdagi makroiqtisodiy holatni tahlil qiladi. XVJ tomonidan e’lon qilingan hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston davlat qarziga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yuqori salohiyatni saqlab qolmoqda.

XVJning maqroiqtisodiy holat bo‘yicha prognozlari quyidagilarni o‘z ichiga olgan:

Mazkur qarz mablag‘laridan foydalanish jarayonida shaffoflikni ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan xarajatlar ustidan Hisob palatasi tomonidan mustaqil audit amalga oshiriladi hamda audit natijalari moliya yili yakunidan so‘ng 6 oy mobaynida e’lon qilib boriladi, deyilgan vazirlik xabarida.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют