» » Google Arts & Culture platformasida O‘zbekistonga bag‘ishlangan 3 ta yangi kolleksiya ochildi

Google Arts & Culture platformasida O‘zbekistonga bag‘ishlangan 3 ta yangi kolleksiya ochildi


Google Arts & Culture onlayn platformasida O‘zbekiston muzeylari va madaniyatiga bag‘ishlangan uchta yangi kolleksiya ochildi. Bu haqda loyihani tashkil qilgan O‘zbekiston Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ma’lum qildi. Mazkur kolleksiyalarning ochilishi 18-mayda nishonlanadigan Xalqaro muzeylar kuniga to‘g‘ri keldi.

Birinchi to‘plamda peyzajlar, shuningdek, Yaff Assulin va Laziz Hamaninini “O‘zbekiston. Samarqandga yo‘l” kitobini nashr etishga ilhomlantirgan mamlakat tarixi va arxitektura yodgorliklari mavjud. Mualliflar mamlakatning eng chekka hududlariga tashrif buyurib, tarix bilan yuzma-yuz kelgan hamda amaliy va ijrochilik san’atining ustalari tomonidan yaratilgan asarlarni tomosha qilgan. Natijada safar taassurotlari “O‘zbekiston. Samarqandga yo‘l” kitobi sahifalarida o‘z aksini topgan.

Ikkinchi to‘plam Luvr muzeyidagi “Buyuk Ipak yo‘lidagi sivilizatsiya va madaniyatlar” ko‘rgazmasida O‘zbekistonning madaniy merosini namoyish etadigan eng qadimiy asarlar haqida hikoya qiladi. Unda tomoshabinlarga Varaxsha saroyidagi devoriy suratlar, freskalarning parchalari, Fayoztepadagi Budda haykali, qadimiy muqaddas Usmon Qur’oni qo‘lyozmasi va jahonning madaniy merosiga kiruvchi O‘zbekistonning boshqa muhim eksponatlari namoyish etiladi.

Uchinchi to‘plamda Markaziy Osiyodagi eng yirik muzeylaridan biri — O‘zbekiston davlat san’at muzeyi tarixi namoyish etiladi. Muzeyning yaratilish tarixi va arxiv fotosuratlari tomoshabinga muzey ochilishidan beri me’morchilik va ko‘rgazma maydonining boshidan kechirgan ajoyib metamorfozalarni namoyish etadi. Shu bilan birga, mazkur to‘plamda yapon me’mori Tadao Ando tomonidan ishlab chiqilgan muzey me’morchiligining yangilangan konsepsiyasining taqdimoti mavjud.

Ta’kidlanishicha, Google Arts & Culture onlayn platformasi jahon madaniyati va san’ati sohasida O‘zbekiston madaniyati va san’atini targ‘ib qilishda jamg‘armaning hamkoriga aylanib ulgurgan. Hozirga qadar ushbu platformada Igor Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat san’at muzeyi, Oybek uy muzeyi hamda Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazidagi Saodat Ismoilovaning “Qirq qiz” ko‘rgazmasi ochilishi marosimi o‘rin olgan.

Google Arts & Culture yuqori aniqlikdagi san’at asarlari suratlarini tomosha qilishga imkon beradigan internet platforma hisoblanadi. Loyiha 2011-yilda Google kompaniyasi tomonidan 17 ta muzey bilan hamkorlikda ishga tushirilgan. Bugungi kunda loyihaga butun dunyodan 2000 dan ortiq madaniyat muassasasi qo‘shilgan.

Mavzuga doir: Google Arts & Culture O‘zbekiston muzeylariga 3D-turlarni ishlab chiqmoqchi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 90) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют