» » Sirdaryoda suv ostida qolgan uylardan olib chiqilgan buyumlar yoqib yuborilmoqda (foto)

Sirdaryoda suv ostida qolgan uylardan olib chiqilgan buyumlar yoqib yuborilmoqda (foto)


Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida yuzaga kelgan suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish ishlari doirasida aholining yaroqsiz holga kelib qolgan uy xo‘jaligi buyumlari yoqib yuborilmoqda. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Toshqin hududlari suvdan holi etilib, quruq va qulay holatga keltirildi. Hozirda bu maydonda ikkilamchi tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, oqim vaqtida zarar yetgan ashyolar, uy xo‘jaligi buyumlarini yig‘ish, ularni hududdan olib chiqish va yo‘qotish tadbirlarini misol qilish mumkin. Chunki bunday vositalar qayta foydalanish uchun yaroqsiz hisoblanib, sanitariya-gigiyena talablariga javob bermaydi”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: Sirdaryo viloyati hokimligi yordam sifatida yuborilgan buyumlarning ayanchli holati tasvirlangan suratga munosabat bildirdi

Eslatib o‘tamiz, Sardobadagi falokatda salkam 6 mingta turar joyga zarar yetgan. Falokat oqibatida jabrlangan aholiga yordam berish uchun Qirg‘iziston hukumati insonparvarlik yordami jo‘natdi. AQSh hukumati Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) orqali Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanidagi toshqin oqibatida jabr ko‘rgan aholiga ko‘mak berish uchun 100 ming dollar ajratdi. O‘zbekistonlik milliarder Alisher Usmonov esa Sirdaryoda jabr ko‘rgan aholiga ko‘mak berish uchun 10 million AQSh dollari miqdorida xayriya mablag‘i ajratdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 113) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют