» » Britaniyada komadan chiqqan erkak yaqinlaridan koronavirus haqida eshitib, hayratlandi

Britaniyada komadan chiqqan erkak yaqinlaridan koronavirus haqida eshitib, hayratlandi


Buyuk Britaniyada bir necha hafta davomida sun’iy komada bo‘lgan bemorni mamlakatda avj olgan pandemiya haqidagi gaplar hayratlantirdi, deb yozadi Metro.

21-mart kuni pnevmoniyadan aziyat chekayotgan 69 yoshli Brayan Xarvi kasalxonaga tushib qolgan, uni sun’iy nafas oldirish apparatiga ulab qo‘yishgan edi. Kasallik asoratlari tufayli uni sun’iy ravishda komaga tushirishgan hamda COVID-19’ga test olishgan edi. Natija ijobiy chiqqan.

Xarvi kasalxonaga tushgan paytda Buyuk Britaniyada besh ming kishida koronavirus aniqlangan, 230 kishi infeksiyadan vafot etgan edi. U komada bo‘lgan to‘rt hafta ichida esa ko‘rsatkichlar juda tez o‘sdi. Hozirda mamlakatda 247 mingdan ortiq kishida virus aniqlangan, ulardan 34 mingdan ko‘proq odam vafot etgan.

“U o‘ziga kelib, koronavirus haqida birinchi marta eshitayotganini aytdi. Biz unga dunyo bo‘ylab xavfli virus tarqalgani, shu sabab hamma tashkilotlar yopiqligini tushuntirdik”, — deydi erkakning 32 yoshli qizi Fey Steplton.

Xarvi oilasi bilan FaceTime orqali aloqaga chiqqanida uning yaqinlari yig‘lab yubordi.

“U bizdan nimaga yig‘layotganimizni so‘radi. Biz u endi hech qachon hech qaysimizga qo‘ng‘iroq qila olmasligidan qo‘rqqanimizni aytdik”, — deydi Steplton.

Hozirda Xarvi harakatsizlikdan qotib qolgan mushaklarni o‘z holiga keltirish uchun fizioterapiya muolajalarini olmoqda.

Boshqa qiziqarli xabarlar:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют