» » Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 300 ming kishidan oshdi

Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 300 ming kishidan oshdi


Rossiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 308 705 kishiga yetdi. O‘tgan bir sutka ichida yana 8764 kishida virus aniqlangan. Bu haqda koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtab ma’lumotlarida keltirilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bemorlarning 4021 nafarida kasallikning klinik belgilari paydo bo‘lmagan. Ta’kidlash kerakki, ketma-ket besh kundan buyon Rossiyada koronavirus borasida qayd etilayotgan yangi holatlar 10 mingdan oshmayapti.

Bundan tashqari, birinchi bor davolanishga muvaffaq bo‘lganlar soni yangi kasallar sonidan ortdi. O‘tgan bir sutka ichida 9262 kishi sog‘aygan. Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusdan sog‘aygan bemorlar soni 85,3 ming kishidan oshdi. Hozirga qadar 2972 kishi virus qurboniga aylangan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют