» » Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 200 ming kishiga yaqinlashib qoldi. O‘tgan bir sutka ichida 10 mingdan ortiq odamda COVID-19 aniqlangan

Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 200 ming kishiga yaqinlashib qoldi. O‘tgan bir sutka ichida 10 mingdan ortiq odamda COVID-19 aniqlangan


Rossiyada o‘tgan bir sutka ichida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 10 817 ta holat qayd etildi. Bu haqda tezkor shtab ma’lumotlarida keltirilgan.

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 198 676 kishiga yetdi.

Moskvada o‘tgan bir sutka ichida 5667 kishida koronavirus aniqlangan bo‘lib, poytaxtda virus bilan kasallanganlarning jami soni 104 ming kishidan oshgan.

Shuningdek, o‘tgan sutka davomida 104 bemor COVID-19 qurboniga aylangan. Rossiyada koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon jami 1827 kishi vafot etgan. Shu bilan birga, bir sutka ichida 5308 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan — bu pandemiya boshlanganidan buyon rekord ko‘rsatkich.

Mamlakatda 8-may kuni davomida koronavirusga 234,4 ming marotaba test o‘tkazilgan (pandemiya boshlanganidan buyon o‘tkazilgan testlar soni 5,2 milliondan oshmoqda).

Avvalroq Rossiya koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda beshinchi o‘ringa chiqib olgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, 12-maydan boshlab Rossiya poytaxti Moskva shahridagi barcha sanoat korxonalari va qurilishlar qayta ish boshlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 118) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют