» » Gladiator filmi aktyorlari 20 yil ichida qanday ozgardi? (foto)

Gladiator filmi aktyorlari 20 yil ichida qanday ozgardi? (foto)


2000-yilda rejissor Ridli Skottning Gladiator filmi ekran yuzini kordi. Film kinotanqidchilar va tomoshabinlarga birdek manzur boldi, koplab mukofotlarga munosib topildi.

Tomoshabinlar baholariga kora, film kinematograf tarixidagi eng yaxshi filmlar royxatiga kiritilgan. Otgan 20 yil ichida Gladiator filmida bosh rollarni gavdalantirgan aktyorlarning qay darajada ozgargani bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Rassel Krou

Avstraliyalik ushbu aktyor filmgacha ham ancha mashhur edi, biroq olamshumul mashhurlikni unga Gladiator keltirdi.

U Ridli Skottning ham sevimli aktyoriga aylandi. Rejissor yana 4 ta filmida unga bosh rolni berdi.

Otgan vaqt ichida Rassel uylanib, ikki ogilli bolib, ajrashishga ham ulgurdi.

Hozirda u semirgan va soqol qoygan. U hamon eng talab yuqori bolgan aktyorlardan biri. Songgi on yillikda uning ishtirokidagi Noy Rad etilganlar, Ajoyib yigitlar kabi filmlar muvaffaqiyat qozondi.

Xoakin Feniks

Aktyor rol tanlashga juda injiq. Shuning uchun uning karyerasida biror obrazni ajratib korsatib bolmaydi. Aktyor tashqi korinishi ustida ham tez-tez tajriba otkazadi. U bir necha marta kinodan ketganini elon qilgan, rasmiy taqdirlash marosimlariga kelmagan.

U 2016-yilda Gollivud aktrisasi Runi Maraga uylangan, ular yaqinda ota-ona bolishi kutilmoqda.

Xoakin 2019-yildagi Joker filmi uchun Yilning eng yaxshi aktyori sifatida Oskar oldi.

Konni Nilsen

Daniyalik aktrisa Gollivudga 90-yillarda kelgan, biroq aynan Gladiator unga mashhurlik olib keldi.

Film muvaffaqiyatidan keyin Konniga takliflar yogila boshladi.

Aktrisa Metallica guruhi sozandasi bilan sakkiz yil birga yashadi. Uning ikki ogil farzandi bor. Konni 60 ni urib qoygan bolsa ham, haligacha latofatli. Konni 2017-yilda Mojiza ayol filmidagi malika Ippolita obrazini ijro etdi. 2020-yilda ushbu filmning davomi taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Jimon Xonsu

Asli kelib chiqishi afrikalik bolgan amerikalik aktyor karyerasini modellikdan boshlagan.

Gladiatorgacha Xonsu Amistad filmidagi roli uchun Oltin globusni qolga kiritgan edi.

Keyinroq u yana ikki marotaba Oskar olgan.

Jimon 2009-yilda ogilli boldi, oradan uch yil otib xotini bilan ajrashdi. Otgan vaqt ichida aktyorning tashqi korinishi deyarli ozgarmagan.

Xonsu 2019-yilda Shazam va Kapitan Marvel filmlarida suratga tushdi.

Oliver Rid

Gladiatordagi roli taniqli britaniyalik aktyor karyerasidagi songgi rol boldi. U ichkilikka ruju qoygan edi. Aktyor filmning suratga olish ishlari yakuniga yetmasidan vafot etgan. Shundan song Ridli Skott film ssenariysini qayta yozib, Oliver Rid ishtirokidagi sahnalarni maksimal darajada kamaytirgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (20-05-2020, 18:56)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 20) ( 0) ( 19) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -