» » Qamashida o‘zgaga tegishli 14 tonna unni sotib yuborgan tadbirkorlar qo‘lga olindi

Qamashida o‘zgaga tegishli 14 tonna unni sotib yuborgan tadbirkorlar qo‘lga olindi


Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida Bosh prokuratura huzuridagi departamentning tuman bo‘limi, viloyat IIB va Davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda hech qanday hujjatlarsiz 32 tonna unni qayta sotish maqsadida saqlab turgan tadbirkorlar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Tumandagi “Y-Invest” MChJning tadbirkorlikka oid huquqlarini himoya qilish borasida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.G‘. o‘z uyida hech qanday hujjatlarsiz “Yakkabog‘ Don” filialida ishlab chiqarilgan 11,3 tonna 1-navli hamda Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan 20,7 tonna unni qayta sotish maqsadida saqlab turgani aniqlangan.

Shuningdek, tadbir davomida fuqaro M.Sh. va boshqalar 6-may kuni “Y-Invest” MChJ tomonidan berilgan ishonchnomaga asosan “Yakkabog‘ Don” filialidan olingan 34,8 million so‘mlik 14 tonna unni jamiyatga emas, I.G‘.ning uyiga olib borib, unga har bir qopini 150 ming so‘mdan hisoblab, 42 million so‘mga sotib yuborgan. Bu orqali ular o‘ziga ishonib topshirilgan o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.Sh.,“Yakkabog‘ Don” filiali moddiy javobgar shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, aprel oyining o‘rtalarida “O‘zdonmahsulot” kompaniyasi tizimi korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan bir qop un uchun 125 ming so‘m etib belgilangan, ayni vaqtda unni birja savdolarisiz, to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma bilan sotish tartibi joriy etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют