» » Xitoy taraqqiyoti Orta Osiyo va Yaqin Sharqqa qanday tasir qildi?

Xitoy taraqqiyoti Orta Osiyo va Yaqin Sharqqa qanday tasir qildi?


Bugungi kundaXitoydagi ilmiy-industrial sivilizatsiyaning fantastik ravishda osishi kishini lol qoldiradi.Jahondagi maishiy texnikaning yarmisini ishlab chiqaradigan dunyo fabrikasiga aylangan mamlakat boshqa davlatlar iqtisodiyotiga ham tasir otkazib kelmoqda. Daryo kolumnisti, rossiyalik siyosatshunos Mixail Magid Xitoy va uning kelajagiga bogliq dunyo iqtisodiyoti haqida fikr yuritadi.

Songgi 20 yil ichida bu mamlakatda ulkan shaharlar barpo qilindi. Lekin gap faqat yirik osmonopar binolar va tezkor trassalarda ham emas. XXR songgi 40 yil mobaynida osish suratlarini yiliga sakkiz foizdan pasaytirmay kelayapti (oxirgi yillarda osish sekinlashdi) va u jahondagi maishiy texnikaning yarmisini ishlab chiqaradigan dunyo fabrikasiga aylandi.

Kopchilik AQSh antibiotiklar bozoridagi Xitoyning ulushi 95 foizni tashkil qilishini va ularning aksariyat tarkibiy qismlari Amerikaning ozida ishlab chiqarilmasligini yaqindagina bilgach, muayyan dilxiraliklarga yoliqdi. Hozirda AQShning eng katta xavotir olayotgan narsasi shuki, bunday yuqori osish suratlari bilan XXR tez orada zamonaviy Gonkongning gigant variantiga aylanadi va ushbu iqtisodiy maxluq hammani, jumladan, AQSh iqtisodiyotini ham yanchib tashlaydi (Jon Meyershaymer).

Boshqa tahlilchilar (Minksin Pey) Xitoydagi kapitalizmning kuchsiz ekanini takidlamoqda: AQSh, Yaponiya va Germaniyaga nisbatan texnologik jihatdan bir necha yilga (agar bir necha on yilga bolmasa) orqada qolgani, Xitoy kompaniyalarini va davlatning ozini ham juda katta qarzlari borligi (YaIM dan 3-3,5) bu fikrga asos bolar ekan. Samarasiz va zararga ishlovchi davlat korxonalari deyarli 30 trillion dollardan iborat aktivlarni nazorat qiladi va mamlakatda mavjud bolgan kredit mablaglarining taxminan 80 foizini istemol qiladi, biroq ular YaIMdan taxminan 23 foizdan 28 foizigacha bolgan ulushini beradi, xolos.

Yana bir fundamental ziddiyat esa Si Szinpinning shaxsan hukmronligi ornatilgani, markazlashuvning kuchayayotgani hamda amalda mamlakat qolda boshqaruv rejimiga otgani bilan bogliqdir. Yaqin otmishda XXRni hokimiyatni ozaro taqsimlab olgan bir necha klanlar (taxminan 7 yoki 8) va guruhlarning boshida turuvchi keksa partiya rahbarlari tomonidan boshqarilar edi. Hech qayerda rasman belgilab qoyilmagan ushbu norasmiy mexanizm mamlakatning butun siyosatini belgilardi. Uni Xitoy ustidan butun hukmronlikni oz qoliga jamlagan va partiya va davlatning barcha muhim strukturalariga oz tarafdorlarini qoyib, mustaqil klanlarni esa yoq qilgan Si Szinpin tomonidan yoq qilindi.

Koronavirus epidemiyasini jilovlash uchun uning eng erta bosqichlarida Xitoy jiddiy choralar kormaganining ehtimoliy sabablaridan biri shuki, XXRda juda kamdan kam hollardagina muhim qarorlarni Si Szinpinning togridan togri maqullashisiz ham chiqarilishi mumkin xolos. Bunday sharoitda barcha vakolat favqulodda ravishda bitta odamning qolida jamlangani va uning chegaralangan kompetentligi muhitida xatolarini bartaraf etishning mushkulligi (chunki xatoning tan olinishi hokimiyat tepasida bolgan kuchli odamning shaxsiy obrosiga putur yetkazishi mumkin) sababidan amalda xatolarning kopayishi ehtimoli ortadi.

Yana boshqa keng kolamli ijtimoiy-iqtisodiy muammolar ham mavjud, bular aholining tez qarishi (demakki, iqtisodiyotga soliq yukining ortishi), sanoatning keskin osishining ekologiyaga vayronkor tasiri kabilardir. Koronavirus bilan bir qatorda, Amerikaning Xitoy eksportini cheklashga qaratilgan sanksiyalari, mamlakat iqtisodiyotiga osish suratlarining pasayishi xatarini solmoqda.

Xitoydagi rejim saylovlar orqali legitimlashga va hukumatdagi oligarxlar guruhlarini almashtirishga qodir mexanizmga ega emas. Uni aholi oldidagi oqlab turgan yagona narsasi iqtisodiyotning tez suratlarda osayotganidir. Ayrim tahlilchilar (Banko Milanovich) bu holatni Xitoy kapitalizmining yutugi deb qaraydi: diktatorlik usullari bilan boshqaradigan kompartiya iqtisodiyot osib turgan paytda aholining qollab-quvvatlashiga ega boladi (siyosiy kapitalizm terminining ildizi shunda) va shu sababli ham u osish suratlarini taminlashdan manfaatdor bolib, muttasil osishni taminlash uchun hamma narsani qiladi (Xitoyda allaqachon kapitalizm barpo qilingan va koplab milliarderlar oliy martabali partiya azolarining oilalari bilan aloqador hisoblanadi).

Lekin sistemaning zaif tarafi ham aynan shu yerda osish toxtab qolsa, bu ertami, kechmi baribir sodir boladi, ehtimol, allaqachon sodir bolgandir, Xitoyni galayon va inqiloblar kutib turibdi. Bu mamlakatda rasmiy kasaba uyushmalaridan tashqari boshqa har qanday kasaba uyushmalari taqiqlangani sababli xitoylik ishchilar norasmiy guruhlarga birlashgan holda noroziliklar uyushtiradi (rasmiy kasaba uyushmalari esa hukumat nazorati ostida ishlaydi va odatda, ish tashlashlarni qollab-quvvatlamaydi). Ushbu qudratli ishchilar harakati kelajakda mamlakatdagi ahvolni ozgartirishga qodir.

Xitoyning jadal suratlar bilan rivojlanishining sabablaridan biri kapitalistik globalizatsiyadir. Garbdagi kompaniyalar oz ishlab chiqarishlarining ulkan qismini XXRga kochirishgan, chunki bu yerda ishchilarga ancha kam haq tolash mumkin. Bu orqali ular AQSh, Fransiya va Britaniyaning avvalgi sanoat hududlarini endilikda ishsizlik, giyohvandlik va faqat vaqtinchalik ish topish mumkin bolgan ijtimoiy tanazzul hududlariga aylantirdi.

Ishidan ayrilgan odamlarning kallasini band qilish uchun esa ularga Greta Tunbergdan iqtiboslar keltiradigan hamda hezalaklarning ozaro nikohlarini rasman qayd qilish kerakmi yoki yoq degan mavzulardan keskin bahslar tashkillaydigan kuchli tashviqot mashinasini ishga soldi. Birlamchi, dolzarb masalalardan odamlarni chalgitib, ularning diqqatini shu kabi ikkinchi darajali masalalarga qaratish bu propaganda shakllaridan biri hisoblanadi, lekin uning ildizlari sanoatni Xitoyga kochirilishi jarayonlari bilan chambarchas bogliqdir.

Shu tariqa, Xitoyning rivojlanishi dunyoni qay darajada ozgartirganini korish mumkin. Bu ozgarishlar, shuningdek, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq davlatlariga ham, albatta, tasir qilgan. XKP (Xitoy kommunistik partiyasi) rahbariyati, umumiy aholisi soni besh mlrd kishidan iborat bolgan ushbu barcha geografik hududni Yevropa va Afrikagacha chozilgan savdo yollari orqali yagona umumiy bozorga birlashtirmoqchi. XXR yagona Yevrosiyo loyihasini yaratmoqda va faqat uni ifodalash uchun Makon va yol terminologiyasini qollayapti xolos.

Gap neft va gaz quvurlari, dengiz va havo portlari, quruqlik va dengiz kommunikatsiyalarini oz ichiga olgan global tizim ustida bormoqda va u Xitoyga kamida bir trillion dollarga tushadi. Tayinki, bunga parallel ravishda Xitoyning siyosiy tasiri ham ortib boradi koplab yollar va portlar Xitoyning xususiy va davlat investorlari bilan birgalikda egalik qilish huquqi ostida boladi va ularni xitoylik muhandis va menejerlar boshqaradi. Kop sonli dengiz portlari ikki xil maqsadli - harbiy va fuqarolik portlari boladi va ular Xitoyning harbiy dengiz floti bazasiga aylanadi.

Biroq ayrim tahlilchilar, xususan, Stiven Kotkin ushbu loyihaning iqtisodiy samarasiga shubha bildirmoqda. Xitoyning Makon va yol dasturi doirasida qator mamlakatlarga hotamtoylik bilan tarqatib chiqqan onlab milliard dollarlik kreditlarini qaytarishning ozi qiyin ish ekan. Boz ustiga, jahon va XXR iqtisodiyotining koronavirus epidemiyasi sharoitidagi keyingi rivojlanish istiqbollari ham mavhum bolib qolmoqda.

Shunga qaramay, AQShdan farqli olaroq, XXR hozirgi paytda Pekin bilan hamkorlik qilayotgan mamlakatlarga nisbatan qatiy siyosiy talablar qoymayapti. Bu esa Qozogiston va Ozbekiston singari mamlakatlar ozi orqali otadigan kuchli tranzit-transport yolaklarini yaratish uchun amalda XXRning investitsiyalariga umid boglashlari mumkinligini anglatadi. XXR yollar qurilishiga investitsiyalar kiritish bilan bir qatorda, mahalliy bozorlarni va foydali qazilmalarni ozlashtirishga hamda mahalliy kompaniyalar bilan birgalikdagi qoshma korxonalar tashkil qilishga, shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotiga keng kolamli investitsiyalar kiritilishga ham qiziqmoqda.

Bularning barchasi Xitoyning yirik miqyosli yagona bozor tashkil qilish borasidagi strategiyasining bir qismi sifatida qaralishi mumkin va unda, albatta, strategik orinlarni Xitoyga tegishli xususiy kapital va davlat kapitali egallab oladi. Lekin bu narsa bir vaqtning ozida Qozogiston va Ozbekistonda ham iqtisodiy osishga turtki berishi ham mumkin.

Umuman olganda, Xitoyning infrastruktura obyektlari va boshqa obyektlarning qurilishiga yonaltirilgan investitsiyalari mintaqa iqtisodiyoti uchun sezilarli effektga ega. Qozogistonlik olkashunos Ruslan Izimovning qayd etishicha, agar Markaziy Osiyodan, xususan, Ozbekiston hududidan Pekinni Fors korfazidagi va Yevropadagi strategik sheriklari bilan boglovchi Xitoy uchun hayotiy muhim bolgan transport arteriyalari otadigan bolsa, unda Xitoyning ozi Makon va yolning ushbu qismidagi barqarorlikdan manfaatdor boladi. Bu holatda Xitoy mintaqadagi iqtisodiy barqarorlikni ham taminlashdan manfaatdor boladi va ehtimolki, inqiroz holatlari kelib chiqqan taqdirda buning uchun sezilarli mablaglarni ajratadi. Xitoy ozining dunyodagi siyosiy va harbiy tasirini kuchaytirishga intilayotgan bolsa-da, uning Markaziy Osiyo, shuningdek, Yaqin Sharq borasidagi siyosati ehtiyotkorona va pragmatik bolib qolmoqda.

XXR musulmon arab mamlakatlari bilan aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdor. U Fors korfazidagi boy investorlar bilan hamkorlikka umid qilmoqda va ozi xarid qiladigan neftning asosiy qismini ham osha yerdan sotib olmoqda. Xitoyda hukumatning Shinjondagi musulmon aholi bilan ozaro ziddiyatlari tufayli yuzaga kelgan muammolar, oqibatda, Yaqin Sharqdagi va Markaziy Osiyodagi musulmon mamlakatlar bilan XXRning munosabatlari yomonlashishiga olib kelishi kutilgan bolsa-da, lekin hozirgi vaqtda bu narsa sodir bolayotgani yoq. Aftidan, Xitoyning pullari diniy xarakterdagi qarashlardan ustunroq bolib chiqqan bolsa kerak.

Pragmatizmga tarafdorlikni namoyish qilgan holda XXR Saudiya Arabistoni bilan ham va uning asosiy raqobatchisi bolgan Eron bilan ham hamkorlik olib bormoqda va ular Eron bilan birga 2019-yilda hamkorlikdagi harbiy-dengiz mashgulotlarini ham otkazgan. Umuman olganda, Amerikaning sanksiyalaridan chochigani tufayli Xitoy hozirda Eron bilan iqtisodiy hamkorlikni pasaytirmoqda.

Bir vaqtning ozida XXR Isroil bilan iqtisodiy aloqalarni mustahkamlamoqda. Isroil ilmiy-texnik nuqtai nazardan Yaqin Sharqning nisbatan rivojlanganroq mamlakati sanaladi. Aholi jon boshiga nisbatan startaplar soni boyicha Isroil jahonda birinchi orinda turadi. Xitoy kompaniyalari ushbu mamlakat bilan hamkorlik uchun milliardlab dollar pul tikishga tayyor va undan yangi texnologiyalar va boshqa xay-teklarni sotib olmoqchi. Bu esa Xitoyning asosiy raqobatchisi bolgan AQShning gashiga tegmoqda. Biroq Isroil AQShning dunyodagi eng yaqin sherigi ekaniga qaramay, bu mamlakat hukumati ushbu masalada mustaqillik namoyon qilmoqda, chunki XXR bilan iqtisodiy hamkorlik uning uchun juda ham foydalidir.

Rossiyalik yetakchi xitoyshunos Aleksandr Gabuyevning fikriga kora, hozirgi paytda Pekin Yaqin Sharqda faol siyosiy va harbiy aralashuvlar maqsadiga ega emas. Bu mamlakat harbiylari otkazgan oquv mashgulotlarida korilgan tayyorgarlikdan kozlangan maksimum maqsad Yaqin Sharqdagi u yoki bu mamlakatlarda xaos yoki inqiloblar yuzaga kelgan taqdirda, u yerdan XXR fuqarolarni evakuatsiya qilishga qaratilgan operatsiyalarni otkazishdir.

Kelajakda hammasi yana ozgarishi mumkin, lekin XXRning siyosiy va iqtisodiy qudrati avvalgidek osib borsa. Zamonaviy dunyodagi va Xitoyning ozidagi koronavirus va yuqorida aytilgan boshqa omillar keltirib chiqargan inqiroz sharoitida kelajak borgan sayin mavhum bolib bormoqda. Makon va yol Xitoyning ozi singari istiqbollari noaniq bolgan, anchayin serxarajat loyihadir.

Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
: admin (22-05-2020, 17:11)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 16) ( 0) ( 13) ( 3)
:
-
:
20 ... -