» » Bosh prokuror: “Chirchiqlik manyak” ishida IIB xodimlarining sansalorlikka yo‘l qo‘yishi qurbonlar sonining ortishiga olib kelgan

Bosh prokuror: “Chirchiqlik manyak” ishida IIB xodimlarining sansalorlikka yo‘l qo‘yishi qurbonlar sonining ortishiga olib kelgan


11-may kuni Senatda hisobot bergan bosh prokuror Nig‘matulla Yo‘ldoshev ma’ruzasida jinoyatlarni qasddan yashirish holatlari, bedarak yo‘qolgan fuqarolarning aksar qismi qotillik qurboniga aylanganini qayd etgan.

Xususan, 2019-yilda sodir etilgan jinoyatlarni qayd etmay, qasddan yashirganlik holati bo‘yicha 25 nafar ichki ishlar xodimlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularning 21 nafari sud tartibida javobgarlikka tortilgani eslatib o‘tilgan.

Bedarak yo‘qolgan fuqarolarga oid masala ham og‘riqli ekani ta’kidlangan. 2019-yilning birinchi yarmida fuqarolarning bedarak yo‘qolganligi fakti bo‘yicha 7 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, yilning keyingi olti oyida bu miqdor 8 barobarga ko‘payib, 54 tani tashkil etgan. Ularning beshtasi fosh qilingan, achinarlisi, beshalasi ham qotillik jinoyati ekani aniqlangan.

Bosh prokuror o‘z ma’ruzasida 2006-yilda chirchiqlik fuqaro Qamchiqboyeva tanishi Husainovga qarzga bergan 300 AQSh dollarini so‘rab borganida qarzdor tomonidan o‘ldirib yuborilgani, shundan keyin ayolni qidirib uning ukasi, so‘ng onasi Husainovning oldiga borgani va ular ham qotillik qurboniga aylangani (keyinchalik qotil har uchala qurbonining jasadini Chirchiq daryosiga tashlab yuborgani aniqlangan) haqida gapirgan.

“Hamma balo shundaki, bir oilaning uch a’zosi yo‘qolgani haqida ularning yaqinlari bergan ariza Chirchiq shahar IIBda qayd qilinmay, yo‘q qilib yuborilgan! Yaqqol ko‘rinib turgan qotillik yuzasidan 13 yil davomida tekshiruv va qidiruv ishlari sansalorlikka solib kelingani oqibatida Husainov o‘tgan vaqt davomida yana uchta fuqaroning umriga zomin bo‘lishga, shuningdek, voyaga yetmagan bir qizning nomusini toptashga ulgurgan.

Agarda Husainovning birinchi jinoyati o‘z vaqtida fosh etilganida edi uch nafar fuqaro qotillik qurboniga, yosh qizcha esa jabrlanuvchiga aylanmagan bo‘lardi”, – degan bosh prokuror.

Qotil sodir etgan jinoyatlari uchun umrbod ozodlikdan mahrum etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют