» » Namanganda 80 yoshli onaxon koronavirusdan sog‘aydi. O‘zbekiston bo‘yicha tuzalganlar soni 2532 nafarga yetdi

Namanganda 80 yoshli onaxon koronavirusdan sog‘aydi. O‘zbekiston bo‘yicha tuzalganlar soni 2532 nafarga yetdi


Namangan viloyatida 23-may kuni yetti nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Sog‘ayganlarning bari Namangan viloyatining o‘zidan (to‘rt nafari Namangan shahridan, ikki nafari Namangan tumanidan, bir nafari Uychi tumanidan). Ular kasallikni koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda yuqtirib olgan edi.

Sog‘ayganlarning ikki nafari erkak, besh nafari ayol, eng kattasi 80 yoshli onaxon, eng kichiga 14 yoshda. Shunday qilib, Namangan viloyatida koronavirusdan sog‘ayganlar soni 240 nafarga yetdi, to‘qqiz nafar bemor davolanishni davom ettirmoqda.

O‘zbekiston bo‘yicha birgina 23-mayning o‘zida 40 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi (avvalroq Toshkent shahrida 33 kishi sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatilgani haqida xabar berilgan edi), mamlakat bo‘yicha sog‘ayganlar soni 2532 nafarga yetdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 23-may soat 17:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni jami 3089 nafarni tashkil etmoqda, 544 nafar bemor davolanishni davom ettirmoqda. Bemorlarning 13 nafari infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют