» » Nyu-Yorkda 10 kishigacha yig‘ilishga ruxsat berildi

Nyu-Yorkda 10 kishigacha yig‘ilishga ruxsat berildi


Nyu-York shtatida koronavirus tufayli joriy etilgan cheklov choralari yumshatilib, aholiga 10 kishigacha to‘planishga ruxsat berildi, deb xabar bermoqda New York Post. Tegishli qaror shtat gubernatori Endryu Kuomo saytida e’lon qilingan.

Avvalroq hukumat fuqarolarga faqat diniy marosimlarni o‘tkazish uchun 10 kishigacha yig‘ilishga ruxsat bergandi. Endi esa istalgan tadbirlash uchun shuncha kishi to‘planishi mumkin. Shu bilan birga, odamlar ijtimoiy masofa saqlashi lozim bo‘ladi.

Aprel oyida Endryu Kuomo Nyu-Yorkda nikoh marosimlarini onlayn o‘tkazishga ruxsat bergan edi.

Jons Hopkins ma’lumotlariga ko‘ra, Nyu-Yorkda koronavirusga chalinganlar soni 358 ming kishidan oshib ketgan. Epidemiya boshlanganidan buyon Nyu-Yorkda 63 mingdan ortiq bemor tuzalgan, 28 mingdan ortig‘i vafot etgan. Qurbonlar orasida uch nafar o‘zbekistonlik (bir ayol va ikki erkak) ham bor bo‘lib, ulardan biri mashhur shashmaqom ijrochisi marhum Rustam Samarqandiy edi.

Mavzuga doir: Nyu-Yorkda ijtimoiy masofalanish qoidasini buzganlar ming dollar jarimaga tortiladigan bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют