» » Ispaniya hukumati mamlakatda turizm mavsumi qaysi sanada ochilishini e’lon qildi

Ispaniya hukumati mamlakatda turizm mavsumi qaysi sanada ochilishini e’lon qildi


Ispaniya hukumati 1-iyuldan boshlab xorijlik sayyohlarning mamlakat hududiga kirishiga ruxsat bermoqchi. Bu haqda bosh vazir Pedro Sanches ma’lum qilgan. Siyosatchining matbuot anjumanidagi ishtirokidan videoparcha Twitter’da e’lon qilingan.

“Bu yili yozda turizm mavsumi ochiladi. Biz ichki turizm mavsumini qayta boshlaymiz, iyul oyidan boshlab xalqaro turizm mavsumi ham ochiladi, bunda barcha xavfsizlik talablariga rioya qilinishi talab etiladi”, — degan Sanches.

Hukumat rahbari endi Ispaniya turizmi ikki asosiy jihat: ekologik barqarorlik va sog‘liq xavfsizligining ta’minlanganlik darajasi yuqoriligi bilan ajralib turishini qayd etgan.

Aprel o‘rtalarida Ispaniyada koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishlar soni va mamlakatda COVID-19’dan o‘lim ko‘rsatkichi kamaya boshlagan.

2-maydan Ispaniyada pandemiya sabab joriy qilingan karantin me’yorlari yumshatila boshlagan. Jumladan, mamlakat aholisining sayrga chiqishi va ko‘chada sport bilan shug‘illanishiga ruxsat berildi. 11-mayda Ispaniyada bir sutka davomida koronavirusdan vafot etganlar soni 123 kishigacha kamaygani xabar qilingan.

Mavzuga doir: Ispaniya hukumati futbol bo‘yicha La Liga bahslarini davom ettirishga ruxsat berdi

Jons Hopkins universiteti tomonidan e’lon qilingan so‘nggi statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Ispaniya koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari soni bo‘yicha butun dunyoda 5-o‘rinda bormoqda. Mamlakatda 234 mingdan ziyod odamda COVID-19 infeksiyasi aniqlangan, 28 mingdan ko‘proq bemor kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют