» » AQShda bir sutka ichida koronavirusga chalinish bo‘yicha 20,6 mingta yangi holat aniqlandi

AQShda bir sutka ichida koronavirusga chalinish bo‘yicha 20,6 mingta yangi holat aniqlandi


AQShda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bo‘yicha bir sutka davomida 20,6 mingta yangi holat qayd etildi, 600 nafardan ko‘proq odam kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan. Bu haqda Jons Hopkins universiteti taqdim etgan statistik ma’lumotlarda keltirilgan.

25-may holatiga ko‘ra oxirgi bir sutka davomida AQShda 20 634 kishida koronavirus infeksiyasi borligi aniqlangan, bir kun avval ushbu ko‘rsatkich 21 675 nafar odamni tashkil qilgandi.

Oxirgi 24 soat davomida 633 nafar bemor COVID-19 kasalligining asoratlari oqibatida hayotdan ko‘z yumgan, bir kun avval ushbu raqam 1108 ta ekani ma’lum qilingandi.

Universitet bergan statistik ma’lumotlar bo‘yicha AQShda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlarning umumiy soni 1,6 milliondan oshib ketgan, pandemiya boshlanganidan beri 97,7 mingta o‘lim holati qayd etilgan. O‘tgan vaqt oralig‘ida kasallikdan tuzalganlar soni 366 ming nafarga yetgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2020, 08:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют