» » Xiaomi Mi Band 5 brasleti: ilk suratlar paydo bo‘ldi

Xiaomi Mi Band 5 brasleti: ilk suratlar paydo bo‘ldi


Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘ida beshinchi avlod Xiaomi Mi Band brasletining ilk suratlari paydo bo‘ldi.

Suratlardan ko‘rish mumkinki, qurilma 1,2 dyuymli ekranga ega bo‘ladi — bundan oldingi modelniki 0,95 dyuymga teng edi. Qolgan jihatlari bilan braslet o‘zidan oldingi modeldan farq qilmaydi.

Mi Band 5’ning displeyi hoshiyalarning ingichkalashtirilishi hisobiga kattalashgan, korpus esa avvalgidek qolgan. Taxminlarga ko‘ra, oldingi modelning quvvatlantirish adapteri ham unga mos keladi.

Displey kattarishidan tashqari, Mi Band 5’da sog‘liqni va mashg‘ulotlar monitoringiga bag‘ishlangan yangi funksiyalar paydo bo‘lgan. Braslet qondagi kislorod miqdorini o‘lchay oladi — bu foydalanuvchi nima sababdan o‘zini yomon his qilayotgani va boshi og‘riyotganini aniqlashga yordam beradi. Shuningdek, ayollar menstrual siklini kuzatishi ham mumkin. Bundan tashqari, qurilmaga mashg‘ulotlarning yana besh turi qo‘shiladi.

Mi Band 5 aynan qachon taqdim etilishi noma’lum. Mish-mishlarga ko‘ra, bu Xitoyda iyun oyida bo‘lib o‘tishi kerak. Kompaniya qurilmaning boshlang‘ich narxini 179 yuan (42 dollar) etib belgilagan.

Mavzuga doir: Xiaomi Mi Band 5 Google Pay bilan hamkorlikdagi NFC moduliga ega bo‘lishi mumkin



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют