» » Bundesliga. “Bavariya” safarda “Borussiya D”ni mag‘lub etdi. Kimmixdan shedevr (video)

Bundesliga. “Bavariya” safarda “Borussiya D”ni mag‘lub etdi. Kimmixdan shedevr (video)


Futbol bo‘yicha Germaniya chempionatining 28-turida “Borussiya D” va “Bavariya” jamoalari 26-may, seshanba kuni o‘zaro bahs yuritdi.

Uchrashuvning 43-daqiqasida Yozua Kimmix jarima maydoni tashqarisidan zarba yo‘llab, chiroyli golga muallif bo‘ldi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmay qoldi.

Shu tariqa ushbu g‘alabadan so‘ng “Bavariya” ochkolarini 64 taga yetkazib olgan holda peshqadamlikni mustahkamladi va ikkinchi o‘rindagi dortmundliklar bilan o‘rtadagi farqni 7 ochkoga yetkazdi.

Bundesliga

28-tur bahsi

26-may, seshanba

Gol: 0:1 — 43 Kimmix.

“Borussiya D”: Byurki, Akanji, Pishchek (Gyotse, 80), Hummels, Hakimi, Dovud (Vitsel, 85), Gerreyru, Azar, Dileyni (Jan, 46), Brandt (Sancho, 46), Holand (Reyna, 72).

“Bavariya”: Noyer, Pavar, Boateng (Lyuka Ernandes, 85), Alaba, Kimmix, Goretska, Devis, Koman (Perishich, 73), Gnabri (Martines, 87), Levandovski, Myuller.

Ogohlantirishlar: Hummels (13), Myuller (66), Dovud (67), Devis (74).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют