» » Bundesliga. “Bavariya” 7 ta gol urilgan uchrashuvda “Ayntraxt”ni taslim etdi (video)

Bundesliga. “Bavariya” 7 ta gol urilgan uchrashuvda “Ayntraxt”ni taslim etdi (video)


Futbol bo‘yicha Germaniya chempionatining 27-turida “Bavariya” 23-may, shanba kuni “Ayntraxt” bilan bahs yuritdi va yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Myunxenliklar safida Leon Goretska, Tomas Myuller, Robert Levandovski va Alfonso Devis o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Frankfurtliklarning ikkita javob to‘piga Martin Hinteregger muallif bo‘ldi. Shuningdek, Hintereger bir marta o‘z darvozasini ham ishg‘ol qilib qo‘ydi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Bavariya” 61 ochko bilan peshqadamlikni mustahkamladi. “Burgutlar” esa (28 ochko) 13-o‘rinda qoldi.

Mavzuga doir: Bundesliga. “Borussiya D” safarda g‘alabaga erishdi, “Bayer” Myunxengladbaxda uch ochkoga ega bo‘ldi

Bundesliga

27-tur bahsi

Gollar: 1:0 – 17 Goretska, 2:0 – 41 Myuller, 3:0 – 46 Levandovski, 3:1 – 52 Hinteregger, 3:2 – 55 Hinteregger, 4:2 – 61 Devis, 5:2 – 74, avtogol Hinteregger.

“Bavariya”: Noyer, Boateng (Lyuka Ernandes, 73), Alaba, Pavar, Kimmix (Kyuizans, 85), Koman (Zirkzeye, 85), Devis, Perishich (Gnabri, 64), Goretska, Levandovski, Myuller.

“Ayntraxt”: Trapp, Ture, Ndika (Chendler, 46), Hinteregger, da Koshta (Durm, 76), Kostich, Gachinovich (Sou, 71), Rode (Kamada, 71), Fernandes, Ilzanker, Andre Silva (Dost, 76).

Ogohlantirishlar: Hinteregger (35).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют