» » Samarqandda koronavirus bemorlari uchun 1 oy ichida shifoxona qurilib, foydalanishga topshiriladi

Samarqandda koronavirus bemorlari uchun 1 oy ichida shifoxona qurilib, foydalanishga topshiriladi


Samarqand shahrida joylashgan harbiy qismning bo‘sh turgan 18 gektar yer maydonida 100 o‘rinli zamonaviy shifoxona majmuasi qurilishi boshlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bir qavatli muassasa 100 kishiga mo‘ljallangan. Shuningdek, tibbiyot xodimlari uchun turar joy va reanimatsiya bo‘limlari ham tashkil etiladi.

Qurilish vazirligidan tashrif buyurgan mutaxassisning ta’kidlashicha, ushbu obyektda qurilish jarayonida turli yuqumli kasallikka chalingan bemorlarni davolash uchun zarur bo‘lgan barcha jihatlar hisobga olinadi. Qurilish ishlariga “Bunyodkor obod Pastdarg‘om” davlat unitar korxonasi xodimlari jalb qilingan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, tibbiy muassasani 1 oy ichida qurib, foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov qurilish jarayonlari bilan tanishib, loyihani amalga oshirish yuzasidan zarur topshiriq va tavsiyalarni berdi.

Shuningdek, mazkur hududga tutash harbiy shaharchadagi 9 gektar maydonda 1000 o‘rinli karantin kompleksi qurilmoqda. Bu yerda ham shifokorlar uchun alohida kompleks tashkil etiladi.

Ayni paytda bu yerga “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan konteynerlar keltirilmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi esa davolash muassasasini zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlash ustida ishlamoqda.

Mazkur tibbiy muassasalar kelgusida Mudofaa vazirligi tasarrufiga o‘tkazilishi belgilangan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 28-may soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 3396 nafarga yetdi. Shu kungacha bemorlarning 2668 nafari sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatilgan, 14 kishi esa infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan.

Mavzuga doir: Koronavirusga qarshi kurash shtabi: “O‘zbekiston koronavirus bo‘yicha istalgan voqealar rivojiga tayyor”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют