» » Qashqadaryoda Damas 2 yoshli bolani, Namanganda “Jiguli” 5 yoshli bolani urib yubordi. Bolalar vafot etdi

Qashqadaryoda Damas 2 yoshli bolani, Namanganda “Jiguli” 5 yoshli bolani urib yubordi. Bolalar vafot etdi


27-may kuni voyaga yetmagan ikki bola YTH qurboni bo‘ldi. Bu haqda Tergov departamenti va YHXBB xabar bermoqda.

Birinchi YTH Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Iskana qishlog‘ida soat 09:00 da sodir bo‘lgan. 22 yoshli N.T. qishloqning ichki yo‘lidan harakatlanib ketayotgan vaqtida avtomashinaning old tomonida o‘ynab yurgan 2 yoshli S.M.ni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.

Oqibatda voyaga yetmagan S.M. tan jarohati olib, hodisa joyda vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Kitob tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Ushbu modda bo‘yicha aybdor deb topilgan shaxs 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Ikkinchi hodisa soat 18:50 larda Namangan viloyati Namangan shahri “Yangi asr” MFY hududidan o‘tgan 4R-112 Farg‘ona halqa yo‘lining 77-kilometrida yuz bergan. 1982-yilda tug‘ilgan X.J. boshqaruvidagi “VAZ-2106” (“Jiguli”) to‘xtashga ulgurmay, yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyoda 2015-yilda tug‘ilgan M.U.ni urib yuborgan. Ushbu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan haydovchi 1981-yilda tug‘ilgan K.Q. boshqaruvidagi Damas oraliq masofani saqlamaganligi oqibatida “Jiguli”ning orqa tomoniga kelib urilgan.

“Jiguli” urib yuborgan 5 yoshli o‘g‘il bola og‘ir tan jarohati olib shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Namangan shahar IIO va FMB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

YHXBB barcha haydovchilardan yo‘llarda piyodalarga e’tiborli bo‘lishni, ota-onalardan yosh bolalarni qarovsiz qoldirmaslikni so‘rab qoldi.

Mavzuga doir: Farg‘onada ikki kun ichida 3 yoshli ikki nafar bola YTH qurboni bo‘ldi

Avvalroq Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida yuk mashinalari eshak aravalarni urib yuborgani, ikkala YTH oqibatida 3 kishi vafot etgani xabar qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют