» » “Parrandachilik va baliqchilik uyushmalari monopoliyadan ozod qilingani sezilyapti”. Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyotda imtiyozlardan samarali foydalanish haqida

“Parrandachilik va baliqchilik uyushmalari monopoliyadan ozod qilingani sezilyapti”. Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyotda imtiyozlardan samarali foydalanish haqida


28-may kuni Shavkat Mirziyoyev tomonidan o‘tkazilgan iqtisodiyotda raqobat muhitini ta’minlash va iste’molchilar huquqini himoya qilish borasidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish davomida iqtisodiyotda imtiyozlardan samarali foydalanish masalasiga ham to‘xtab o‘tildi.

Imtiyozdan foydalangan 23 ta yog‘-moy korxonasida yangi ish o‘rinlari yetarlicha tashkil etilmagani, aksincha parrandachilik va baliqchilik sohalarida raqobat muhiti yaratilgani natijasida so‘nggi 4 yilda parranda go‘shti yetishtirish 100 ming tonnadan 205 ming tonnagacha, baliq 65 ming tonnadan 122 ming tonnagacha ko‘payganiga urg‘u berildi.

“Parrandachilik va baliqchilik uyushmalari monopoliyadan ozod qilinganining natijasi sezilyapti. Tadbirkorlar o‘zini emin-erkin his qilib, harakat qilyapti. Narx va sifat jihatidan bozorga munosib tovar va xizmatlar chiqishi kerak. Raqobat bo‘lsa, aholining tanlash imkoniyati va sotib olish qobiliyati oshadi, odamlar rozi bo‘ladi”, – degan Shavkat Mirziyoyev.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют