» » Namanganda bu yil o‘tgan yilga nisbatan 1,5 ming tonna ko‘p baliq yetishtirish rejalashtirilmoqda

Namanganda bu yil o‘tgan yilga nisbatan 1,5 ming tonna ko‘p baliq yetishtirish rejalashtirilmoqda


Namangan viloyatida ayni paytda 212 baliqchilik xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatmoqda, deb yozadi O‘zA.

O‘tgan yili 177 ta fermer xo‘jaligi va 11 ta boshqa mulkchilik shaklidagi xo‘jaliklar tomonidan uch ming 550 tonnadan ortiq baliq yetishtirildi. Bank krediti va tashabbuskorlar tomonidan yo‘naltirilgan 10 milliard so‘mdan ziyod sarmoya hisobiga 68 ta yangi loyiha amalga oshirilib, 542 gektar maydonda yangi sun’iy havzalar tashkil etildi. Buning samarasida 237 ta ish o‘rni yaratildi. Yil davomida bozorlarda baliq mahsulotlarining narxi barqaror bo‘lishiga erishildi.

Joriy yilda viloyatda to‘rt ming 970 tonna, ya’ni o‘tgan yilgiga nisbatan 1,5 ming tonna ko‘p baliq yetishtirish rejalashtirilgan.

Sohadagi yana bir e’tiborga molik yangilik, joriy yilning noyabr oyida Uchqo‘rg‘on tumanida sovuq suvda yashovchi qimmatbaho forel balig‘ini boqishga ixtisoslashgan yangi xo‘jalik tashkil qilish ko‘zda tutilgan. Qiymati 10 million dollarga teng mazkur loyiha “Ipotekabank” viloyat filiali tomonidan moliyalashtiriladi. Yangi xo‘jalikda 300 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (20-09-2017, 15:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют