» » TIV o‘zbekistonliklarni Qozog‘iston bilan chegarani kesib o‘tishda turli shaxslarga murojaat qilmaslikka chaqirdi

TIV o‘zbekistonliklarni Qozog‘iston bilan chegarani kesib o‘tishda turli shaxslarga murojaat qilmaslikka chaqirdi


Qozog‘istonning qator hududlarida karantin rejimining yengillashtirilganligi munosabati bilan fuqarolar O‘zbekiston hududiga o‘tish maqsadida “Jibek Joli—G‘ishtko‘prik” nazorat-o‘tkazish punktiga kelmoqda. O‘zbekiston va Qozog‘iston chegara va sanitar-epidemiologik xizmatlarining hamkorlikdagi faoliyati natijasida o‘zbekistonliklar mamlakat hududiga karantin choralariga amal qilgan holda o‘tkazilyapti. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bosh konsulxona “Jibek Joli” nazorat-o‘tkazish punktiga kelayotgan O‘zbekiston fuqarolarini ma’lum to‘lov evaziga davlatlararo chegarani kesib o‘tishda ko‘maklashishni taklif qiluvchi turli shaxslarga murojaat qilmaslikka yana bir bor chaqirgan.

Odatdagi tartibda faoliyat ko‘rsatayotgan “Jibek Joli—G‘ishtko‘prik” nazorat-o‘tkazish punktida hozirda Olmaotadagi bosh konsulxonaning xodimi ishlayotgani hamda fuqarolarga zarur konsullik-huquqiy va boshqa turdagi yordam ko‘rsatayotgani aytiladi.

Qozog‘istonning Olmaota va Chimkent shaharlari, Olmaota, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil va Qizilo‘rda viloyatlari hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda Olmaota shahridagi bosh konsulxonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligi eslatib o‘tilgan: +7-727-299-20-70, +7-727-390-26-16.

Avvalroq Rossiyaning Samara viloyatida Qozog‘iston chegarasidan bir necha o‘n kilometr masofada bo‘lib turgan taxminan 800 nafar O‘zbekiston fuqarosi Prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘llagani haqida xabar berilgandi. Ushbu fuqarolar O‘zbekistonga qaytish uchun Qozog‘iston hududi orqali yo‘lak yaratishni talab qilgan. TIV o‘z navbatida ushbu holatga munosabat bildirgan.

Mavzuga doir: Rossiya va Qozog‘iston chegarasida to‘plangan O‘zbekiston fuqarolari mamlakatga olib kelinadi

Eslatib o‘tamiz, 19-may kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida hozirgacha 39 ming vatandosh qaytarib olib kelingani, yana 12 ming fuqaroni O‘zbekistonga olib kelish choralari ko‘rilayotgani ma’lum qilingan edi. Dastlab 24-maygacha, so‘ng 7-iyungacha amalga oshiriladigan charter reyslar e’lon qilindi.

Shuningdek, Rossiya—Qozog‘iston chegarasida to‘plangan 1100 nafar vatandosh Prezident topshirig‘iga asosan 18—19-may kunlari avtobuslarda O‘zbekistonga olib ketildi. Keyinchalik xuddi shu chegara zonasida yana yuzlab o‘zbekistonliklar to‘plangani ma’lum bo‘ldi. TIV ulardan vaqtinchalik yashash joylariga qaytishni so‘radi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют