» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 5 nafarga ko‘payib, 3468 kishiga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 5 nafarga ko‘payib, 3468 kishiga yetdi


O‘zbekistonda 2020-yil 29-may soat 16:45 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5 kishiga ko‘payib, 3468 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanganlarning 4 nafari Toshkent shahrida qayd etildi. Ularning 2 nafari aholi orasidan, 2 nafari esa karantindagi fuqarolar orasidan aniqlangan. Toshkent viloyatidan kasalligi aniqlangan 1 nafar bemor ham statsionar karantindagi fuqarolar orasida tasdiqlangan.

“Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan 2723 nafar bemor butunlay sog‘aygan. Hozirda mamlakatda 731 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda”, — deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

O‘zbekistonda koronavirus qayd etilgan ilk kundan buyon 14 kishi infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan.

Mavzuga doir: Navoiyda 5 ta kasallik o‘chog‘i mavjudligi ma’lum qilindi. Toshkentdan koronavirusga qarshi kurashga shifokorlar guruhi yuborildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют