» » Kitob tumanida vafot etgan fuqaroning o‘limiga koronavirus sabab bo‘lmagani ma’lum qilindi

Kitob tumanida vafot etgan fuqaroning o‘limiga koronavirus sabab bo‘lmagani ma’lum qilindi


Kitob tumanida koronavirus bilan kasallanganlik bo‘yicha gumonlanish holati qayd etilgan edi. Gumonlanuvchi — 1963-yilda tug‘ilgan fuqaro N.O. Kitob tumanida yashagan. U 2020-yil 10-aprel kuni Qozog‘istonga ketgan. 9-may kuni O‘zbekistonga qaytib kelgan va Toshkent viloyatidagi Karantin markaziga tibbiy kuzatuvga olingan. 10-may kuni Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi terapiya bo‘limiga pnevmoniya tashxisi bilan yotqizilgan.

“O‘tkazilgan diagnostik tahlillardan so‘ng bemorda koronavirus infeksiyasi aniqlanmagan. Bundan avval u jigar sirrozi tashxisi bilan davolangan”, — deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

U 29-may kuni Kitob tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga olib kelingan. Koronavirusga olingan tahlil unda gumon natijani qayd etgani bois surtma namunalari 31-may kuni o‘rnatilgan tartibga ko‘ra maxsus laboratoriyaga yuborilgan.

Bemor shu kuni o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramay vafot etgan. Koronavirusga gumonlangan marhum bilan muloqotda bo‘lgan barcha fuqarolar ehtiyot chorasi sifatida statsionar va uy karantiniga olingan. Kitob tuman hududi to‘liq karantinga yopilgan.

“31-may kuni yuborilgan surtma namunalarini takror tekshiruv natijalariga ko‘ra, marhumda koronavirus aniqlanmagan. Demak, bir oy ichida o‘tkazilgan ikkinchi diagnostik tahlil ham bemor koronavirusga chalinmaganligini ko‘rsatgan”, — deyiladi SSV axborotida.

Sog‘liqni saqlash vazirligidan qo‘shimcha qilishlaricha, bemor yondosh kasalliklar tufayli vafot etgan. “Shunday bo‘lsa-da, qat’iy sanitariya qoidalariga ko‘ra, karantinga olingan fuqarolar ma’lum muddat tibbiy kuzatuvda bo‘ladi”, — deyiladi vazirlik axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют