» » Andijonda o‘qituvchilarga imtiyozli kreditga beriladigan namunaviy uy olib berish evaziga 3 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi

Andijonda o‘qituvchilarga imtiyozli kreditga beriladigan namunaviy uy olib berish evaziga 3 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi


DXX xodimlarining Bosh prokuratura huzuridagi Departament vakillari bilan hamkorlikda Andijon viloyatida o‘tkazgan tezkor tadbir davomida yana bir firibgarlik jinoyati fosh etildi. Bu haqda “Daryo”ga DXXdagi manbalari xabar berdi.

Tezkor tadbir davomida Andijon shahrida yashovchi B.M. Jalaquduq tumanida istiqomat qiluvchi, muqaddam ta’lim sohasida ishlagan fuqarodan 1500 dollarni olgan vaqtida ushlangan.

Aniqlanishicha, u Andijon davlat universitetida ishlovchi tanishi orqali Xo‘jaobod tumanida pedagog xodimlar uchun imtiyozli kredit asosida berilishi mo‘ljallangan 2 sotixlik namunaviy uylardan olishga ko‘maklashishni va’da qilib, jabrlanuvchidan 3000 dollar talab qilgan va kelishilgan summaning yarmini avvaldan olmoqchi bo‘lgan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168 (Firibgarlik ), 28 (Jinoyat ishtirokchilari) va 211-moddalari (Pora berish)ga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari doirasida ushbu ishlarga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Mavzuga doir: DXX 5 ming dollar evaziga konservatoriyaga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan litsey o‘qituvchisini qo‘lga oldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют