» » AQShda 300 ming km yo‘l bosgan Lamborghini Huracan rekord darajdagi past narxda sotilmoqda

AQShda 300 ming km yo‘l bosgan Lamborghini Huracan rekord darajdagi past narxda sotilmoqda


Las-Vegasdagi Royalty Exotic Cars saloni 302 ming kilometr yo‘l bosgan Lamborghini Huracan avtomobilini sotuvga qo‘ydi. 2015-yilda ishlab chiqarilgan ijara superkari uchun 130 ming dollar so‘rashmoqda — bu mazkur model uchun rekord darajadagi past narx hisoblanadi, deb xabar beradi Car & Driver.

Royalty Exotic Cars ijara firmasi egasining so‘zlariga ko‘ra, sotuvga qo‘yilgan Lamborghini Huracan o‘z nusxalari orasida dunyoda eng ko‘p yo‘l bosgan model hisoblanadi. Huracan 300 ming kilometrdan ortiq yo‘l yurgan va uni 1900 ga yaqin odam boshqarganiga qaramay, superkar faqat bir marta yengil avariyaga uchragan.

Superkarlar kamdan kam hollarda bu qadar ekspluatatsiya qilinadi, besh yil davomida minilgan mashina saloni biroz ta’mirlashga to‘g‘ri kelgan: model 12,9 ming kilometr yo‘l bosganida diler uning uzatmalar qutisini almashtirib bergan, shuningdek, har 8000 kilometrda uning moyi ham yangilangan.

Boshqa ijara avtomobillariga qaraganda Royalty Exotic Cars’ning Lamborghini’sini omadi chopgan: 2015-yilda xarid qilingan Ferrari 458’ning transmissiyasi yetti marta almashtirilgan, Lamborghini Aventador va McLaren 650S esa yonib ketish oqibatida jiddiy zarar ko‘rgan.

Bu qadar ko‘p masofa bosganiga qaramay, Lamborghini saloni yaxshi saqlangan, yaltiroq diskalar va orqa shinalar xuddi yangidek. Model 610 ot kuchiga ega 5,2 litrli V10 atmosfera dvigateli yormida harakatga keladi.

Salon mazkur Lamborghini uchun 130 ming dollar so‘ramoqda. Bu AQShda sotiladigan shu turdagi minilgan superkarlar uchun eng past narx hisoblanadi.

Mavzuga doir: Lamborghini olish uchun ota-onasining mashinasini haydab ko‘chaga chiqqan 5 yoshli bolani superkarda sayr qildirishdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют