» » “Boshqa har qanday davrda Chempionlar Ligasida 5-6 marta g‘olib bo‘lardik”. Skoulz “Manchester Yunayted”ning mag‘lubiyatlarida “Barselona” va “Real”ni aybladi

“Boshqa har qanday davrda Chempionlar Ligasida 5-6 marta g‘olib bo‘lardik”. Skoulz “Manchester Yunayted”ning mag‘lubiyatlarida “Barselona” va “Real”ni aybladi


“Manchester Yunayted” afsonasi Pol Skoulz “qizil iblislar” agar Chempionlar Ligasi pley-offlarida Ispaniya grandlari — “Barselona” va “Real” bilan to‘qnashmaganida, yana bir nechta sovrinlarni qo‘lga kiritishi mumkinligi haqida gapirdi.

“Chindan ham bizning omadimiz kelmagan. Boshqa har qanday davrda biz to‘rt, besh yoki olti marotaba Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonishimiz mumkin edi. Ammo biz duch kelgan jamoalar haddan tashqari kuchli edi. Misol uchun, Gvardiola “Barselona”si.

Ularning yarim himoyasida Andres Inyesta, Xavi, Serxio Buskets va Lionel Messi bor edi. Chap qanotda Anri, himoya markazida esa Pike va Puyol. Shunchaki, dahshat! Shubhasiz, ular men qarshi o‘ynagan eng yaxshi jamoa.

Agar bundan oldingi davr haqida gapiradigan bo‘lsam, xayolimga faqat “Real” keladi. “Bernabeu”da biz butunlay toptalgandik. Birinchi uchrashuvda 3:1. Ular ham “Barselona”dan aslo qolishmasdi.

Jamoada Ronaldo, Zinedin Zidan, Luish Figo, Redondo, Raul, Roberto Karlos, Yerro va ajoyib darvozabon Iker Kasilyas bor edi. Bu shunchaki, aql bovar qilmas tarkib edi”, — deydi Skoulz.

Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” YChLning 2008/2009 va 2010/11-yilgi mavsum finallarida “Barselona”ga to‘qnash keladi. Har ikkala bahsda ham katalon klubi (2:0, 3:1) ustun keladi.

2002/2003-yilgi mavsumda 1/4 final bosqichida, 2013-yilda esa 1/8 final bosqichida Madridning “Real” klubi “Manchester Yunayted“ni musobaqadan chiqarib yuboradi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 126) ( 0) ( 125) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют