» » O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilinishda davlat tilini bilish darajasini aniqlovchi tartib ma’lum qilindi

O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilinishda davlat tilini bilish darajasini aniqlovchi tartib ma’lum qilindi


Ichki ishlar vazirligi “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Loyihada qayd etilishicha, davlat tilini bilish darajasini aniqlash va davlat namunasidagi malaka sertifikatini berish Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi yoki uning hududiy bo‘linmalari tomonidan to‘lov asosida amalga oshiriladi.

Davlat tili bo‘yicha imtihon talabgorning doimiy yashash joyi bo‘yicha hududiy Markazda o‘tkaziladi.

Davlat tilini bilish darajasini aniqlash davlat tilini bilishga qo‘yiladigan minimal talablar asosida test shaklida amalga oshiriladi. Tilni bilish darajasini aniqlashga tayyorgarlik ko‘rish, test materiallarini tayyorlash maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishchi guruh shakllantiriladi.

Talabgor davlat tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovida qatnashish uchun ariza bilan Markazga shaxsan o‘zi murojaat qilib quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

Talabgordan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Hujjatlar qabul qilib olinganidan so‘ng, talabgorga test sinovidan o‘tish ruxsat beriladi. Test sinovi o‘tkazish uchun haftaning ma’lum kuni belgilanadi.

Test sinovi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan imtihon komissiyasi a’zolari va kuzatuvchilar ishtirokida o‘tkaziladi. Test savollari soni 20 ta bo‘lib, 30 daqiqa vaqt beriladi.

Test sinovi yakunlari bo‘yicha eng yuqori ballning 50 foizidan kam (15 balldan kam) ball olgan talabgor o‘tmagan deb hisoblanadi va qayta qatnashish uchun, test sinovlari o‘tkazilgan kundan boshlab kamida bir oydan keyin, belgilangan tartibda ariza bilan murojaat qilib to‘lov to‘lagan taqdirda test sinovlariga qo‘yiladi.

Davlat tilini bilish darajasini aniqlash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida to‘lov to‘lanadi.

Talabgor ko‘rsatilgan hujjatlarni Markazga topshirganidan so‘ng, Markaz va talabgor o‘rtasida shartnoma tuzilgan hisoblanadi.

Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorga test sinovi natijalari e’lon qilingan kundan boshlab bir hafta mobaynida, Markaz buyrug‘i asosida sertifikat beriladi.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyida fuqarolik olishda o‘zbek tilini muloqot darajasida bilish shart qilib belgilanishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 18-fevraldagi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi qizg‘in muhokama etilgan va qabul qilingandi.

Mavzuga doir: Prezident farmoni bilan Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etiladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 118) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют